Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeyev 14-may kuni O‘zbekistonga keldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev bilan uchrashgan. Vazirlar transchegaraviy favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlik qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlagan.
Mazkur hujjat 9 banddan iborat bo‘lib, undan qo‘shma mashg‘ulotlar, seminarlar, axborot almashish tizimini takomillashtirish va bu boradagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar joy olgan.
Izoh (0)