• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Hashamatli saroydan ko‘chma uygacha: milliarder Ilon Mask qanday uyda yashaydi?

    2020-yilda dunyodagi eng boy odamlardan biri o‘zining qimmat ko‘chmas mulkini sotuvga qo‘ydi. O‘sha paytda u bir nechta hashamatli uylarga ega edi. U uylarini kimoshdi savdosiga ketma-ket qo‘yib, g‘ayrat bilan maqsadi sari odimlashga kirishdi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Mask hozirda bir xonali kamtarona uyda yashaydi.

    Foto: “Noviy ochag”

    Yuz yillik qasr

    Marsga borishni orzu qilgan tadbirkorning noodatiy xarakter egasi ekani butun dunyoga ma'lum. Uning bayonotlari va qabul qilgan qarorlari bir necha bor bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Ammo bir necha yil ketma-ket Mask dunyoning eng boy odamlari uchligidan joy olib kelyapti. Dunyoning eng boy odami bo‘lishiga qaramay, asli kelib chiqishi Janubiy afrikalik bo‘lgan Mask pullarini tejashni boshladi: u xarajatlarni qisqartirdi, yuz yillik qasrini 30 million dollarga sotdi.

    Foto: “Noviy ochag”

    Deyarli 5000 kvadrat metr maydoni, ulkan garaji, 10 ta yotoqxonasi va hammomiga ega bu qasr o‘zining yetakchi kompaniyalari shtab-kvartirasi yonida joylashgan. Ma’lum bo‘lishicha, Kristian de Gin IV bir paytlar bu hashamatli uyga egalik qilgan — uy 1912-yilda aristokratning ajdodlari tomonidan qurilgan.

    Uy juda chiroyli — bal zali, katta yemakxona va oshpazlar jamoasi uchun mo‘ljallangan oshxona. Interyerlar esa eski Britaniya qasrlarini eslatadi: devorlardagi klassik rasmlar, nafis billur qandillar, ulkan kaminlar, konsolli zallar va xitoy vazalari, vitrinalardagi chinni kolleksiyasi. Qasr 19 gektar maydonni egallaydi, bu yerda shaxsiy kanyoningiz bo‘ylab sayr qilishingiz va ko‘rfaz manzarasidan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    Foto: “Noviy ochag”

    Xabar qilinishicha, 2021-yil noyabr oyida milliarder yirik “mulk sotuvi”ni e’lon qilganida, Unlimitt egasi va asoschisi Kirill Evstratov uyni Ilon Maskdan sotib olgan.

    Bumerang uy

    Bir qavatli uy milliarder kolleksiyasining durdonasi hisoblanadi. Bino yuqoridan ko‘rinadigan bumerang shaklida qurilgan va u o‘ziga xos kosmik stansiyani eslatadi. Twitter egasining boshqa dabdabali qasrlari bilan solishtirganda, bu uy kamtarona ko‘rinadi — hududi 914 kvadrat metr. Mask uyni 2014-yilda salkam 3,7 million dollarga sotib olgan.

    Foto: “Noviy ochag”

    Poldan shiftgacha derazalar, shaxsiy basseyn, qanotlardan birida mehmonxona va ovqatlanish xonasi birlashtirgan ochiq maydon mavjud. Qarama-qarshi qanotda yotoqxonalar va yuvinish xonalari mavjud bo‘lib, har birining derazsia uyni o‘rab turgan bog‘ga ochiladigan qilib qurilgan. Turar joy aqlli uy tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, uning funksiyalarini, masalan, basseynni isitishni telefon orqali boshqarish mumkin. Lakonik interyer va juda ko‘p ochiq maydon — bu uyni milliarderning boshqa ko‘chmas mulklaridan ajratib turadi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra,uyni Mask 4,5 millionga sotgan.

    Jeyms Bond uslubidagi uy

    Quyoshli Kaliforniya Ilonning sevimli joyi edi, u Los-Anjelesning turli joylarida joylashgan ko‘chmas mulkka egalik qilardi. Uzoq vaqt davomida birinchi xotini va besh farzandi bilan ular katta, ammo ijaraga olingan kvartirada yashashgan. Ko‘chmas mulk sotib olayotgan da bu uy Maskning birinchi xaridi bo‘ldi.

    Ammo keyingi xarid taxminan 2 ming kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan 17 million dollarlik uy edi. Mask 2012-yilda uch yillik ijaradan so‘ng fransuzcha uslubdagi oq shlakli uyni sotib oldi. Uyda beshta garaj, shaxsiy spa-salon, mehmonxonalar mavjud. Diqqatga sazovor joy — ikki qavatli kutubxona.

    Foto: “Noviy ochag”

    “Yettita yotoqxona va 13 ta hammomdan iborat uy. Chiroyli qilib terilgan g‘ishtlar oshxona shiftini bezab turadi. Hovlida katta tennis korti, basseyn va yuqori darajadagi Bel-Air Country Club’ning ajoyib manzaralari mavjud. Turar joyda, shuningdek, vino omborxonasi va sport zali ham bor. Ushbu qasrning ko‘rinishi Jeyms Bond haqidagi klassik filmni eslatadi.

    Jin Uaylderning uyi

    Aktyor Jin Uaylder 1971-yilda shokolad fabrikasi egasi Villi Vonka rolini ijro etgan. Aktyor bu uyni 1976-yilda sotib olgan va u erda 30 yil yashagan. Bu uy rancho va mehmonaning uyg‘unlashgan ko‘rinishi. Bir qavatli bino odatiy bo‘lgan Amerika uylariga o‘xshaydi, faqat hajmi kattaroq — deyarli 300 kvadrat metr.

    Mask bu uydan o‘z farzandlari hamda SpaceX va Tesla xodimlarining tanlangan farzandlari uchun AdAstra (lotincha “yulduzlarga”) deb nomlangan xususiy maktab sifatida foydalangan. Ammo tez orada u uydan shovqinli bazmlar uchun foydalana boshladi.

    Foto: “Noviy ochag”

    Tesla asoschisi ijtimoiy tarmoqlarda uyni sotish niyati borligini e'lon qilganida, unga Jin Uaylderning jiyani Jordan Uoker-Perlman sotib olish taklifi bilan murojaat qiladi. Mask uyni yetti million dollarga sotishga rozi bo‘ladi, biroq xaridorning buncha puli yo‘q edi, shuning uchun Mask uyni saqlab qolish va uni qayta ta’mirlamaslik va’dasi evaziga unga qarz beradi.

    3000 kvadrat maydondagi minimalizm

    Los-Anjelesning ajoyib manzarasi bo‘lgan tog‘ yonbag‘irida murakkab loyiha asosida qurilgan oppoq uy joylashgan. Yotoqxonalar, mehmonxona va ofisning umumiy maydoni 2800 kvadrat metrni tashkil qiladi. 6 ta yotoqxona va 7 ta hammom mavjud. Uyning old tomonida shezlongli ochiq ayvon va ulkan basseyn ham bor. Uyning narxi 30 million dollarga baholangan.

    Foto: “Noviy ochag”

    Hashamatli saroy yonida to‘rtta yotoqxonasi bo‘lgan kamtarona ikki qavatli yog‘ochdan yasalgan yozgi uy ham bor. Mask uni asosiy mulk maydonini kengaytirish uchun xarid qilgan. Ushbu uyni sotib olgandan so‘ng, elita hududi aholisi o‘rtasida milliarder Bel-Airni butunlay sotib olmoqchi ekanligi haqida mish-mishlar tarqaladi. Ammo buning o‘rniga u uylarini sotishini e’lon qildi — u Tesla (Teslaning bosh ofisi Kaliforniyaning Palo Alto shahrida joylashgan) koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar tufayli ishlashni taqiqlagan Kaliforniya shtati hukumatidan xafa bo‘ldi.

    Mars uchun modulli uy

    Tesla bosh direktori qimmat ko‘chmas mulklarini sotganidan so‘ng, 37 kvadrat metrli kichik modulli uyga joylashadi. Boxabl startapi tomonidan ishlab chiqarilgan “yig‘ma uy”ni demontaj qilish, ko‘chirish va yangi joyga yig‘ish mumkin. Bu uy milliarderga sodda tuzilishi bilan yoqdi, chunki u kompaniyalarining bo‘linmalari orasida sayohat qilmoqchi. “Aslida bu juda zo‘r narsa”, — deb yozgan Mask Twitter’da.

    Foto: “Noviy ochag”

    Yig‘iladigan mazkur uy 50 ming dollar turadi. Uy kvartira-studiyaga o‘xshaydi: bitta katta xona mehmonxona, yotoqxona, oshxona va hammomga bo‘lingan. Kichk sanuzel yupqa devorlar orqasiga yashiringan. Bir tomondan u rakovina, gaz plitasi va muzlatkichga ulangan. Shuningdek, ovqatlanish stoli ham sanuzel ro‘parasidagi burchakka joylashtirilgan. Mehmonxona yotoqxonadan televizor qo‘yilgan shkaf bilan ajratilgan. Bu xonaning butun oddiygina interyeri. Ko‘p bolali ota sifatida uni ko‘rish uchun kelgan barcha merosxo‘rlarini shu uyga joylashtirish — bu qiyin masala. Uyda ortiqcha joy yo‘q, garchi ommaviy axborot vositalari Mask farzandlarining onalari yaxshigina ko‘chmas mulkka egaligini ta’kidlasa ham.

    Foto: “Noviy ochag”

    Uy hozirda Texasning Boka Chika shahrida, SpaceX Starship raketalarini ishlab chiqaradigan joydan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan.

    Uyni turli qismlarga ajratish va konfiguratsiyalar bilan o‘zgartirish mumkin. Uning narxiga elektr energiyasi, isitish, ovoz va issiqlik izolyatsiyasi kiradi. Mebellarni esa uy egasi sotib olish kerak, lekin har qanday mebellar ham bu uyga mos kelavermaydi. Uyning qismlari zavodda beton panellar va po‘latdan yasalgan bo‘lib, qurilish jarayoni “Lego” konstruksiyasini eslatadi.

    Uy ishlab chiqaruvchisining ta'kidlashicha, bu kelajak uyi. “Bunday uyni istalgan joyga o‘rnatish mumkin. Shu bilan birga, kommunikatsiyalarni o‘rnatish va ulash uchun bir necha soat ketadi xolos. Uyni o‘rnatish jarayoni Boxabl kompaniyasining patentlangan ixtirosidir: blok kartalar uyi kabi buklanadi va keyin joyida teskari tartibda joylashtiriladi. Bu texnologiya qurilish materiallarini tashish narxini pasaytiradi va borish qiyin bo‘lgan joylarga yetkazish imkonini beradi”, — deb yozadi Forbes jurnali.

    Foto: “Noviy ochag”

    Ayrim ommaviy axborot vositalari Boxabl kompaniyasi Marsdagi turar joy binolarini loyihalashda ishtirok etishini takidlamoqda.

    05.05.2023, 12:45   Izoh (0)   14476
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dubay malikasi Hayya bintu al-Husayn nima sababdan mamlakatdan qochib ketgan?

    04.05.2023, 17:30

    Rianna yangi “Smurflar” filmidagi Smurfettaga ovoz beradi

    05.05.2023, 09:12

    Xonanda Beyonse 2,69 million dollar soliq to‘lashdan bosh tortganlikda ayblanmoqda

    04.05.2023, 18:46

    Milliardga yaqinlashgan ko‘rishlar, million tomoshabin, 114 kunlik konsert. Davron Kabulov “Million”ning 10 yil davomida erishgan yutuqlari haqida (video)

    04.05.2023, 15:30

    “Faoliyatimni ijodning boshqa turi bilan bog‘lash niyatim yo‘q”. Mirkomil Musayev “Million”dan ketish sababi haqida (video)

    04.05.2023, 13:23

    Priyanka Chopra omadsiz plastik operatsiya tufayli ma’lum muddat filmlarda suratga tusha olmagani haqida so‘zlab berdi

    04.05.2023, 12:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda aholining uchdan bir qismi kamida bitta bank kreditiga ega

    O‘zbekiston | 3 iyul, 12:14

    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

    Reklama | 3 iyul, 12:00

    Dunyo bo‘ylab har soatda yuz kishi yolg‘izlikdan vafot etmoqda — JSST

    Salomatlik | 3 iyul, 11:56

    “Manchester Siti” “Portu” darvozabonini sotib oladi

    Sport | 3 iyul, 11:55

    Nodavlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyati takomillashtirilmoqda

    O‘zbekiston | 3 iyul, 11:48

    Saudiya Arabistoni Isroilga uchirilgan Eron dronlarini tutib olgan — OAV

    Dunyo | 3 iyul, 11:28

    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

    Reklama | 3 iyul, 10:30

    “O‘zgidromet” 4-iyulda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 11:15

    Zelenskiy AQSHdan qurol yetkazib berish cheklangach bayonot berdi

    Dunyo | 3 iyul, 11:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.