Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Munisa Rizayeva to‘y xizmatlariga qanday tayyorgarlik ko‘rishi aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova hayotida sevimli kasbi orqasidan erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdi.

“Qahqaha” kulgi jamoasi aktyori Sohib Hasanov Umra amallarini ado etmoqda.
Aktrisa Luiza Rasulovaning fikricha, “go‘zal obrazlar chiroyli fikrlarni keltirib chiqaradi, chiroyli fikrlar esa chiroyli harakatlarga sabab bo‘ladi”.

Taniqli aktrisa Umida Norboyeva hayotida yuz bergan quvonchli hodisani muxlislari bilan bo‘lishdi. U 13 yil deganda onalik baxtiga sazovor bo‘lib, egizak farzand ko‘rdi.
Xonandalar Farrux Raimov va Dilso‘z juftligi barcha kuzatuvchilariga baxt tiladi.

Yigitali Mamajonov egizak o‘g‘illari Islom va Imronni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Taniqli aktyor Bobur Yo‘ldoshev hovlisida do‘stlari uchun o‘z qo‘llari bilan taom tayyorlab berayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Shahlo Zoirova ona tabiat obrazida muxlislariga ko‘rinish berdi.

Xonanda Muhammadziyo Toshkentdagi narxi 100 ming dollar bo‘lgan Toyota Land Cruiser 200 avtomobilini xarid qildi.
Xonanda Shahzoda Italiyada dam olmoqda.

Aktrisa Asal Shodiyeva yangi fotosessiya o‘tkazdi.

Xonanda Nilufar Usmonova o‘z kuzatuvchilarini Mirzo Ulug‘bek tumani hududidan o‘tuvchi “Dagestanskaya” ko‘chasidan uy sotib olmaslikka chaqirdi. “Bu yerda svet shunchalik ko‘p o‘chadiki, hatto qishloqlarda ham ahvol bunchalik bo‘lmasa kerak”, deydi xonanda.
Izoh (0)