Krakovdan 30 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Polshaning Suloshova qishlog‘idagi ushbu ko‘chada 6 ming aholi yashaydi.
2020-yildagi ma’lumotlarga ko‘ra, qishloqda 5,8 mingdan sal ko‘proq aholi istiqomat qiladi. Aholining uylari uzunligi taxminan to‘qqiz kilometr bo‘lgan bir tekis ko‘chada joylashgan.
Ko‘cha uch qismga bo'lingan, ulardan ikkitasi Suloshova I va Peskova-Skala Oytsovskiy milliy bog‘i hududida joylashgan.
The Sun va Mail Online portallari qishloqning bu tartibda joylashganini “g‘alati” deb atagan, biroq polyaklar ijtimoiy tarmoqlarda bu odatdagidan biroz ko‘proq aholi joylashgan oddiy Polsha qishlog‘i ekanini ta’kidlashadi.