• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Manchester Yunayted”ni sotib olish uchun poygada yetakchi o‘zgardi. Eng boy britaniyalik Qatar shayxini ortda qoldirmoqda

    “Manchester Yunayted”ning sotilishi haqidagi serial davom etmoqda. Klubni sotib olishga asosiy da’vogarlar jamoaning amaldagi rahbarlari bo‘lgan Gleyzerlarga uchinchi va oxirgi taklifni yubordi. Avvaliga Qatar shayxi Jassim ibn Hamad at-Tani poyga favoriti hisoblangan bo‘lsa, ayni vaqtda dunyodagi eng boy britaniyalik Jim Retkliff yetakchiga aylandi.

    Foto: Getty Images

    Ma‘lumot uchun, Retkliff transmilliy kimyo kompaniyasi bo‘lgan Ineos va “Nitssa” futbol klubiga egalik qiladi, shuningdek, Formula-1 ning Mercedes jamoasiga homiylik qiladi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 2-may holatiga ko‘ra, 23,7 milliard dollarni (taxminan 19 milliard funt) tashkil qiladi.

    Retkliff 69% aksiyaga da’vogarlik qilmoqda — bu Gleyzerlarning ulushi hisoblanadi. Muxlislar qarshi, ular jamoaning to‘liq sotilishini kutmoqda

    So‘nggi taklifdan avval Sky Sports Retkliff 50 foizdan oshiqroq aksiyani sotib olishni xohlayotganini ma’lum qilgandi. Shunda Avram va Joel Gleyzerlar ham klubning ma’lum miqdordagi (20 foiz atrofida) aksiyalarini saqlab qoladi.

    Yakuniy auksiondan keyin The Times va The Telegraph nashrlari boshqa ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Retkliff “Manchester Yunayted”ning 69 foiz aksiyalarini, ya’ni Gleyzerlarning barcha ulushini sotib olish niyatida ekani ma’lum bo‘ldi. Qayd etilishicha, u 5 milliard funtdan ko‘proq taklif qilgan. Biroz oldinroq CBS Sports jurnalisti Ben Jeykobs Qatar shayxi at-Tani ham 5 milliarddan ortiq pul taklif qilgani, faqat u jamoaning yuz foiz ulushini sotib olishni xohlayotgani haqida yozgan edi.

    Shu bilan birga The Telegraph va The Times kelishuvga yaqin bo‘lgan insayderlariga tayanib, Retkliff 5 milliard dollardan ko‘proq pul taklif qilgan yagona shaxs ekanini xabar qildi. Ma’lumot uchun, shu paytgacha hech qaysi sport klubiga bunday miqdorda katta pul taklif qilinmagan. Hozirgacha sport olamidagi eng katta kelishuv amerikacha futbol jamoasi “Denver Broks”ning 4,65 milliard dollarga (3,75 milliard funt) sotilishi bo‘lgan.

    Retkliff Gleyzerlar oilasi xohlayotgan 6 milliard funt narxga eng yaqin kelgan da’vogar bo‘ldi va “qizil iblislar”ni sotib olish bo‘yicha poygada yetakchiga aylandi. “Manchester Yunayted” muxlislari esa amerikaliklarning jamoadan to‘liq ketishini istamoqda. Ular “Aston Villa”ga qarshi o‘yin oldidan yana bir bor namoyish o‘tkazdi. Asosiy talab qilinayotgan narsa — jamoaning to‘liq sotilishi.

    Foto: Getty Images

    Ikkala potensial xaridor ham iloji boricha tezroq jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga olishni istamoqda. Kelishuvni rasmiylashtirish jarayoni kamida yozgi transfer oynasi ochilgunga qadar (10-iyun) borishi taxmin qilinmoqda. Shu bois ikkala potensial xaridor ham transferlar va klubning boshqaruv ishlariga rasmiy xariddan oldinroq aralashishni ko‘zlayapti. Ammo Gleyzerlar katta ehtimol bilan bunga rozi bo‘lmaydi.

    Retkliff “Manchester Yunayted” muxlisi, biroq shu paytgacha “Chelsi” va “Nyukasl”ni sotib olishga harakat qilgan

    Retkliff ulkan sport imperiyasining egasi (“Nitssa” va “Lozanna” futbol klublaridan yelkanli sport jamoalarigacha) va “Manchester Yunayted” muxlisi hisoblanadi. Shu bilan birga u allaqachon “Chelsi”, “Liverpul” va “Nyukasl” jamoalarini sotib olishga harakat qilgan, biroq har doim nimadir xalal bergan.

    Foto: Getty Images

    Milliarderning o‘zi amalga oshmagan kelishuvlarni quyidagicha izohlagan.

    Milliardlar evaziga APL klubini sotib olish? Hech qachon pulni bunchalik ahmoqona sarflamayman. Qaytaraman “Manchester Yunayted” va “Chelsi” 3–4 milliard funt turadi. Lekin hech kim hech qachon ular uchun buncha pul to‘lamaydi. “Yunayted”ga qarang, ularning biznesi dahshatli ahvolda. To‘g‘ri boshqaruv ham, to‘g‘ri xaridlar ham yo‘q. Men yosh iqtidorlarni rivojlantirishni xohlayman. Menga “Sauthempton” va “Lill” modeli yoqadi. Ineos’da aqlli yondashuv qadrlanadi, biz pulni behuda sarflamaymiz.

    “Qizil iblislar” muxlislari jamoaning amaldagi rahbarlaridan norozi. Gleyzerlar esa klubni sotish uchun yuqori talablar qo‘ymoqda. “Manchester Yunayted”ni sotib olish uchun kurashayotgan qatarlik shayx Jassim ibn Hamad at-Tani va britaniyalik milliarder Jim Retkliff o‘rtasidagi poyga ham qizg‘in pallaga kirmoqda.

    04.05.2023, 18:03   Izoh (0)   7612
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston futzal terma jamoasi sentabr oyida Argentinaga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi  

    04.05.2023, 17:33

    “Paxtakor” va “Nasaf” o‘rtasidagi Superliga o‘yini U-20 JCH—2023 sabab qoldirildi

    04.05.2023, 15:39

    Boks bo‘yicha JCH—2023. Ruslan Abdullayev ispaniyalik raqibiga qarshi jangda muddatidan avval g‘alaba qozondi (video)

    04.05.2023, 15:13

    Erling Holand APLda rekord qayd etib, tarixga kirdi (video)

    04.05.2023, 12:37

    “PSJ” muxlislari klub ofisi yonida namoyish o‘tkazib, Messi, Neymar va Helayfining ketishini talab qildi

    04.05.2023, 11:34

    Boks bo‘yicha JCH—2023. Hasanboy Do‘stmatov, Bahodir Jalolov va yana 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi bugun jang qiladi

    04.05.2023, 09:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Maduro Salvador prezidentini deportatsiya qilingan venesuelaliklarni qiynoqqa solishda aybladi

    Dunyo | 19 iyul, 19:10

    Isroil va Suriya o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

    Dunyo | 19 iyul, 18:45

    Sun’iy yo‘l notekisliklari xavfsizlikni ko‘zlab o‘rnatilganmi yoki muammo tug‘dirish uchun?

    O‘zbekiston | 19 iyul, 18:13

    “Liverpul” Bundesligada o‘ynaydigan hujumchi uchun 100 mln yevro sarflashi mumkin

    Sport | 19 iyul, 18:10

    Rossiya Germaniya bilan tuzilgan harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimdan chiqdi

    Dunyo | 19 iyul, 18:00

    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

    Reklama | 19 iyul, 18:00

    Los-Anjelesdagi mashg‘ulot bazasida yuz bergan portlashda uch nafar sherif yordamchisi halok bo‘ldi

    Dunyo | 19 iyul, 17:30

    Bezarardek tuyulsa-da, qondagi qand miqdorini oshirib yuboradigan mahsulotlar

    Layfstayl | 19 iyul, 17:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.