“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi”da ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan bosimning ma’lum muddatga pasayishi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.
Andijon viloyati hokimligi mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, viloyatda shoxobchalarning faoliyatini cheklash bo‘yicha hech qanday jarayon olib borilmayapti.
Hokimlik, shuningdek, navbatsiz yoqilg‘i quyishga har qanday sharoitlar mavjud ekanini hamda gaz bosimi pasayishi mumkin bo‘lgan holatlarda rasmiy axborot taqdim etilishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)