Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18 so‘mga ko‘tarilib, 11 438,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 37,39 so‘mga tushib, 12 528,05 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,99 so‘mga ko‘tarilib, 143,50 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket uch kun ko‘tarilib, 11 420,01 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.
Izoh (0)