Germaniyaning Berlin shahrida o‘zbek she’riyatiga asoslangan Kirill Rixter va dirijyor Alibek Kabduraxmonov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining konserti o‘tkazildi. Bu haqda saida Mirziyoyeva o‘z sahifasida ma‘lum qildi.
Ma‘lum qilinishicha, Kirill Rixter aynan shu konsert uchun o‘zbek sheʼriyatiga asoslangan asar tayyorlab, uning musiqasi va ssenografiyasiga mualliflik qildi. Ko‘rgazma mamlakat tarixining boyligi va rang-barangligini namoyish etadi hamda tarixiy merosni asrash va o‘rganishning muhim ahamiyatini ko‘rsatadi.
“Ushbu loyiha tinglovchilarga o‘zbek sheʼriyatining teranligi va go‘zalligini his etish hamda sozandalarimizning isteʼdodi va mahoratiga baho berish imkonini beradi.Ushbu musiqiy tadbirni ‘O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar imperiyasigacha’ ko‘rgazmasining debochasi deyish mumkin. Ko‘rgazma yurtimiz tarixining boyligi va rang-barangligini namoyish etadi hamda tarixiy merosni asrash va o‘rganishning muhim ahamiyatini ko‘rsatadi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Izoh (0)