• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Onasiga undan voz kechish tavsiya qilingan, 8 oy to‘shakka mixlangan xonanda: Rashid Xoliqov 50 yoshni qarshi oldi (foto, video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov 28-aprel kuni 50 yoshni qarshiladi. Hozirgi kunda o‘zbek shou-biznesining yetakchi klassik xonandalaridan biri hisoblangan Rashid Xoliqov hayotda ko‘plab qiyin kunlarni boshidan o‘tkazgan. Uning mashaqqatlarga to‘la muvaffaqiyat yo‘li haqida quyida hikoya qilinadi. 

    “Onam tatar millatiga mansub edi”

    Foto: Instagram / @rashidkhalikov

    Xonanda Toshkentning Chorsu dahasida dunyoga kelgan. Uning ota-onasi besh nafar farzand ko‘rgan. Biroq farzandlarining biri olamdan o‘tganidan so‘ng Rashid Xoliqov oilaning kenjasiga aylangan. Xonandaning onasi tatar millatiga mansub ayol bo‘lgan. 

    — Dadam rahmatli sof o‘zbekona xonadonda ulg‘aygan bo‘lsa-da, rus millatiga mansub insonlar bilan ishlagani uchun zamonaviy fikrlardi. Onam bilan qanday tanishganini bilmayman, ammo onam kelin bo‘lib tushganida hatto o‘zbek tilini ham yaxshi bilmagani haqida eshitgandim. U oilasi bilan Qozon shahrida yashagan va qandaydir sabablarga ko‘ra otam bilan tanishib qolgan. Shunday bo‘lsa-da, onam o‘zbek kelinlaridan kam emasdi. To‘rt farzandni oldiga olib ‘Senlar yaxshi bola bo‘lishing kerak, bo‘lmasa dadangning yuzi yerga qaraydi’, degan gapni ko‘p gapirardi, — deydi xonanda.

    “Otam muhandis, onam esa oshpaz bo‘lgan”

    Foto: Instagram / @rashidkhalikov

    Rashid Xoliqovni ko‘pchilik zodagon, boy insonning farzandi deb biladi. Aslida uning otasi oddiy muhandis, onasi esa bog‘chada oshpaz bo‘lib ishlagan. Xonanda bolaligida oilasi moddiy jihatdan ko‘p qiynalganini yaxshi eslaydi.

    — Dadam rahmatli kanop ip ishlab chiqaradigan sexda oddiy muhandis bo‘lib ishlagan. U paytlari oylikka ishlaydigan odamlarning daromadi yaxshi bo‘lmagani aniq. Dadam ertalabdan kechgacha ishlasa-da, ro‘zg‘orimiz haminqadar bo‘lardi. Onamning esa bittagina jemferi bo‘lardi va uning ham yengiga katta-katta yamoq solingandi. Onam ham boshqa ayollar singari shuba palto kiyishni va tillo zanjir taqishni orzu qilardi. Afsuski, ro‘zg‘ordan ortirib o‘ziga birorta kiyim ham ololmasdi, — deydi xonanda. 

    “Onamga mendan voz kechishni maslahat berishgan”

    Foto: Instagram / @rashidkhalikov

    Xonanda onasining to‘rtinchi farzandi bo‘lgan. Ammo shifokor homila onaning salomatligiga salbiy ta’sir etishi va undan vaqtida voz kechishni maslahat berishgan. 

    — Onamga homiladan voz kechishni maslahat berishgan. U poliklinikadan yig‘lab uyga qaytayotganida mahallamizdagi bir ayol “Hali ko‘rasiz mana shu qorningizdagi bola mashhur bo‘lib, ko‘p pul topadi va sizga rahmat olib keladi”, degan ekan. O‘shanda farishtalar omin degan ekan, tug‘ilishim onamning salomatligiga salbiy ta’sir etmadi, — deydi xonanda.

    “Hali ko‘rasiz shunaqa tanilib ketaman…”

    Foto: Instagram / @rashidkhalikov

    Rashid Xoliqovning oilasida san’atkorlar yo‘q, ammo otasi va ammalari bolalikdan dutor chalib qo‘shiq aytishga qiziqishgan ekan. Ammo oila a’zolari Rashid Xoliqovning san’atkor bo‘lishini unchalik istashmagan.

    — San’atkor bo‘lishimga qarshiliklar bo‘lgan, ammo baribir qiziqishim ustunlik qilgan. 1987-yildan boshlab, ansambl tashkil etib, to‘y xizmatlariga chiqishni boshlaganmiz. Ammo eng qizig‘i mahallamizdagi odamlar bizga to‘ylarini ishonishmasdi. To‘y qiladigan bo‘lishsa boshqa mahalladagi bizdan rasvoroq san’atkorni aytishardi-yu, biz xizmat qilaylik desak ishonishmasdi. Ko‘z oldilarida o‘sgan bola to‘yni qanday o‘tkazadi, deb o‘ylashgan bo‘lsa kerak-da. Qo‘shiqlarimiz disko uslubida bo‘lgani uchun boshqa mahalladagi to‘ylarga taklif etishardi. Bir kuni qo‘shnilarimizdan biri o‘g‘lini uylantiradigan bo‘ldi. Meni xonanda sifatida to‘yga taklif qilmaganida xafa bo‘lib, “Hali ko‘rasiz shunaqa tanilib ketib, iltimos qilsangiz ham to‘yingizda qo‘shiq aytmayman”, degandim, — deydi xonanda.

    Omad keltirgan “Shahlo ko‘zli malikam”

    Foto: MyDay

    1990-yili Rashid Xoliqov akasi bilan birgalikda “Shahzod” ansamblini tashkil etadi. Ammo ancha vaqtgacha o‘z yo‘nalishini topisholmaydi. “Shahlo ko‘zli malikam” qo‘shig‘i esa unga oz bo‘lsada mashhurlik olib keladi.

    — Ijodni juda erta boshlaganman, ammo 1995-yilga borib odamlar xonanda sifatida taniy boshlashgan. Chunki u paytlarda ijtimoiy tarmoqlar yo‘q, kliplar ham onda-sonda televideniyeda namoyish etilardi. Albom yaratib, uni “qaroqchilar” qo‘liga o‘zimiz olib borardik. Chunki ular kassetalarga yozib, bozorlarda baland qilib qo‘yishar edi, — deydi xonanda.

    “Qaynonamning darvozasini tepib chiqib ketganman” 

    Foto: Instagram / @rashidkhalikov

    Xonandaning oila qurishi juda qiziq kechgan. U turmush o‘rtog‘i Saida Xoliqova bilan to‘yda tanishib qolgan va keyinchalik ularning tanishuvi “Yo‘q-yo‘q” klipining yaratilishiga sabab bo‘lgan.

    — Ayolim bilan 1992-yili opasining to‘yida tanishib qolganmiz. Hamma yoshlar singari biz ham ko‘rishib, telefonda gaplashib bir-birimizga bog‘lanib qolganmiz. Bir kuni onasi men bilan uchrashmoqchi ekanligini aytib qoldi. Borsam “To‘ydan topgan pullaringiz bilan qizimni boqmoqchimisiz?” degan gap bilan kutib olishdi. Rosa jahlim chiqqan, g‘ururli yigit edim “Qizingiz ham, o‘zingiz ham bor bo‘ling”, deb darvozani tepib chiqib ketganman. Ertasi kuni Saidaning uy telefoniga qo‘ng‘iroq qilsam “Onam ancha jahldan tushdi, balki kelarsiz”, dedi. Bozordan katta guldasta olib yana qaynonam bilan uchrashgani kelganman. Haqiqatan ham ancha hovuri bosilgan, gulni qo‘limdan olgach, oq fotiha bergan, — deydi Rashid Xoliqov.

    “O‘ynaysan” klipi yangilik bo‘lgan

    Foto: MyDay

    Rashid Xoliqov eng qimmat klip oladigan o‘zbek xonandalari safiga kiradi. Ma’lumotlarga qaraganda, uning “O‘ynaysan” qo‘shig‘iga ishlangan klip o‘zbek san’atidagi grafikadan foydalanilgan birinchi klip sifatida e’tirof etiladi.

    — Kam qo‘shiq yarataman, kliplarim ham u qadar ko‘p emas. Ammo sifatli mahsulot yaratishga va u odamlar xotirasida qolishini istayman. “O‘ynaysan” klipini koreys millatiga mansub rejissor olgan. Yashil fonda olinayotgan sahnalarni ko‘rib hech narsaga tushunmaganman. U paytlari men tugul boshqalar ham grafika nima ekanligini bilmasdi. Klip juda katta mablag‘ evaziga olingan, uning montaj ishlari ham uzoq davom etgan, — deydi xonanda.

    “Oyog‘ingizni kesish kerak, deyishgan”

    Foto: Instagram / @rashidkhalikov

    2013-yili xonandaning hayotida kutilmagan voqea sodir bo‘ldi. U do‘stlari va oila a’zolari bilan Bali oroliga dam olgani borganida hasharot chaqishi natijasida salomatligiga jiddiy shikast yetdi. Mish-mishlarga qaraganda, shifokorlar uning jarohatlangan oyog‘ini kesmoqchi ham bo‘lishgan.

    — Hasharot chaqqanini ancha kech bilganman. Sayohatdan qaytgach, Toshkentdagi shifokorlarga ko‘rsatsam aniq tashxis qo‘yisholmagan. Bir professor hasharot chaqishidan tashqari oyog‘imda shamollash ham borligini aytgan. Issiq muolajalar qilgach, kasallik yanada zo‘rayib ketgan. Sakkiz oy mobaynida to‘shakka mixlanib qolganman. Oyoqni kesish kerak, yoki bukilmaydigan qilib operatsiya qilish kerak degan gaplar bo‘lganidan keyin germaniyalik shifokorlarga murojaat qilishga majbur bo‘lganman. Ular havotirga tushmasligimni va kasallikni davolash imkoni borligini aytishgan. Avvalambor, Yaratganning inoyati va xorijlik shifokorlar sabab bo‘lib hayotga qaytganman, — deydi xonanda.

    Foto: Instagram / @rashidkhalikov

    Xonandaning to‘rt nafar farzandi bor. Sanjar va Islom ismli o‘g‘illari oila qurgan va farzandli bo‘lishgan. Sanjar bir paytlar otasining kasbini davom ettirmoqchi edi. Ammo uning faoliyati uzoqqa cho‘zilmadi va san’atni tark etib, o‘zini biznes sohasiga bag‘ishladi. 

    Xonanda kelinlarni ardoqlaydigan inson. U ilk marta bobo bo‘lganida rafiqasiga va kelini Fayruzaga qimmatbaho avtomobillar sovg‘a qilgan edi. 

    01.05.2023, 13:30   Izoh (0)   37247
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qichqirib tashladingiz, menga yoqmadi deyishgan”. Dilshoda Rustamjonova ijodiy imtihondagi masali uchun ikki olgani haqida (video)  

    01.05.2023, 11:30

    Instagram: Rixsitilla Abdullayev xonadonida fotiha to‘yi, Shahzod Sultonov Zarina Yo‘ldoshevani kaltakladimi? Kaniza 38 yoshni qarshiladi

    30.04.2023, 23:05

    Million dollarlik garderob: gersoginya Keyt Middltonning eng qimmat liboslari (foto)

    29.04.2023, 22:35

    Anjelina Joli, Bred Pitt va boshqa Gollivud yulduzlarining bir qarashda tanish qiyin bo‘lgan mum haykallari (foto)

    29.04.2023, 14:30

    “Oddiy tanga taqdirini bir umrga o‘zgartirib yuborgan”. Hind go‘zali Priti Zinta nima uchun kinoni mashhurlikning cho‘qqisida tark etgan? 

    29.04.2023, 09:40

    Instagram: Durdona Qurbonova turmushga chiqmoqda, Rashid Xoliqovning dabdabali tug‘ilgan kuni, orzusi amalga oshgan Husnora Shodiyeva 

    28.04.2023, 23:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.