Toshkent shahri Yunusobod tumanida 27-aprel kuni 12 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, “KamAZ”, Isuzi, Howo, “ZIL” rusumli yuk avtomashinalari hamda Lacetti, Tracker 2, Nexia 3, Epica, 2 ta Cobalt, 2 ta Spark ishtirokida avariya sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra YTH sababi “KamAZ” haydovchisi chorrahaga yaqinlashayotgan vaqtda tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Cobalt yo‘lovchisi tan jarohat olib, shifoxonaga olib borilgan va birinchi yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)