• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Anchelotti qatorasiga ikkinchi yil “Chelsi”ni YCHLdan chiqarib yubormoqda. London klubi “oltin dubl”ga qaramay Karlo bilan sovuq xayrlashgandi

    Karlo Anchelotti qatorasiga 2 yildan beri “Real” boshqaruvi ostida aprel oyida “Chelsi”ni Chempionlar Ligasidan chiqarib yubormoqda. “Qirollik klubi” bu safar ham muammolar qurshovida yotgan londonliklar ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

    “Chelsi” Anchelotti uchun begona jamoa emasligi aniq. Karloga Londonda “o‘zimizniki” deb qarashadi va u Abramovich davridagi eng sevimli murabbiylardan biri sifatida esda qolgan.

    Abramovich bilan maxfiy uchrashuvlar va mag‘lubiyatdan keyin yuborilgan “?” smsga berilgan “!” javob

    Karlo Anchelotti “Chelsi” bilan munosabatlarini Roman Abramovich bilan bo‘lgan maxfiy uchrashuvlar bilan boshlagan. Uchrashuvlar ikkala tomonda ham yaxshi taassurotlar qoldirganiga qaramay, 2008-yilda London klubi egalari Luis Felipe Skolari variantini tanladi. Ammo braziliyalik yarim yildan so‘ng iste’foga chiqarildi va “Chelsi” yana Anchelotti variantiga qaytdi. Anchelotti “Milan”dagi faoliyatini xuddi allaqachon “Chelsi”ni boshqarayotgandek yakunladi. U muntazam ravishda “Chelsi”ning o‘yinlarini ko‘rib bordi va o‘zi uchun qaydlar belgiladi.

    Abramovich bilan bo‘lgan munosabatlar Anchelotti uchun asosiy chaqiruvlardan biri bo‘ldi. Anchelotti o‘zaro munosabatlarni yodga olganga ko‘pincha oson bo‘lmagani haqida gapiradi. Masalan, mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatning (“Uigan”ga qarshi o‘yindagi 1:3) ertasiga Abramovich mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurib, tushuntirish berishni so‘ragan. “Bu men uchun o‘zaro aloqalarning yangi bosqichi edi. Hatto Berluskoni ham bunchalik talabchan bo‘lmagan”, — degandi Anchelotti.

    Abramovich norozilik sifatida Anchelottiga faqat so‘roq belgisi yozilgan smslar yuborgan. Karlo ham qisqa tarzda faqat undov belgisi yozilgan xabar bilan javob qaytargan. “Agressiyaga agressiya bilan javob qaytarmaslikka qaror qilgandim”, — deya izohlagan Anchelotti.

    “Chelsi” Anchelotti davrida ajoyib holatda edi. 2009/10-yilgi mavsumda jamoa birinchi marta oltin dubl (chempionlik va Angliya Kubogi) qayd etdi, 103 ta gol urdi, Lempard va Drogba shaxsiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha rekordlar o‘rnatdi. Jamoa ning o‘rtacha yoshi 29 yosh-u 75 kunlik edi va APL chempioniga aylangan eng keksa klub bo‘lgandi.

    Foto: Getty Images

    Ikkinchi mavsum boshqacha bo‘ldi. “Chelsi” faqat “Manchester Yunayted”ni o‘zidan oldinga o‘tkazib yubordi va 2-o‘rinni oldi. Biroq bu Abramovichni qoniqtirmadi.

    Anchelotti murosa qilishni yaxshi ko‘rardi. Aynan shu narsa uning ketishiga sabab bo‘ldi

    Anchelotti o‘zining Angliyaga safarini chaqiruvdek ko‘rgan — bungacha Italiyadan boshqa davlatda ishlamagan edi. U klub tomonidan ingliz tili kurslariga yuborilgan va haftalik intensiv kurslarda o‘z yordamchisi Bruno Demichelis bilan bir kunda 12 soatdan shug‘ullangan. Ma’lumot uchun, Anchelotti “Milan”dan faqat Demichelisni Angliyaga olib kelgandi. Shtabning boshqa a’zolari mahalliy mutaxassislar edi.

    Karlo moslashishni va murosa qilishni biladigan murabbiy hisoblanadi. Aynan shuning uchun italiyaliklardan faqat Demichelis uning shtabidan o‘rin olgandi. Lekin u futbolchilar bilan ham yaxshi til topishardi. Anchelotti o‘sha paytdanoq futbolchilarga e’tibor qaratuvchi yetuk murabbiy edi. Bu umumiy tilni topishga va jamoaning erkin bo‘lishiga yordam berdi.

    Jon Terri italiyalik mutaxassisning eshita olish qobiliyatini maqtagandi.

    “Karlo jamoaga kelib ‘Xo‘sh, mana mening yo‘lim. Bu jamoa uchun yagona yo‘l bo‘ladi, yoki men bu yerda bo‘lmayman’, deydigan murabbiylardan emas. U darhol jamoaning eng tajribali futbolchilari bilan gaplashdi. ‘Albatta, menda qandaydir rejalar bor, lekin so‘nggi yillarda ko‘p narsa o‘rgandingiz. Qarashlaringizni va qay tariqa bunday omadli bo‘ganingizni men bilan o‘rtoqlashing. Futboldan rohat olish uchun qanday yo‘l tutish kerak?’, dedi u.

    Anchelotti ‘Milan’da ishlagan vaqtda o‘yinga bir necha kun qolganda taktikani tanlashga o‘rganib qolgan. Angliyada esa bunday emas va u hammasini e’tiborga oldi. Anchelotti yondashuvlarni qorishtirdi, o‘yindan avval taktikani muhokama qilardi, tarkiblarni o‘yindan bir kun avval yoki o‘yin kuni e’lon qilardi. Gap shundaki, u haqiqatdan ham eshitardi. Yana shuni aytishim mumkinki, men bunday ishlaydigan murabbiylarni ko‘p ko‘rmaganman. Hozir ham faqatgina o‘z ma’qullab turib oladigan murabbiylar ko‘p”.

    Foto: Getty Images

    Haqiqatdan ham bunday munosabat jamoaning birinchi mavsumda oltin dubl qayd etishiga sabab bo‘ldi, biroq bir yildan keyin jamoa murabbiysiz qoldi. Jamoada ikkita katta janjal chiqqan vaqtda (Jon Terri va Ueyn Brijning sobiq sevgilisi, Eshli Koulning stajyor talabaga o‘q uzgani) murabbiy jamoadagi o‘zaro ishonchni saqlab qoldi. Shu bilan birga rahbariyat Karloning futbolchilar bilan o‘ta do‘stona munosabatda ekani va uning bo‘sh yondashuvi muammolar keltirib chiqaradi degan fikrda edi.

    Keyinchalik Anchelotti jamoadan ketishiga nima sabab bo‘lganini tahlil qildi.

    Meni klubdagi vaziyatni tinchlantirish, futbolchilar bilan bir-birimizni tushunishga qodirligim uchun yollashadi. Bu mening asosiy qobiliyatlarimdan biri. Keyin esa xo‘jayinlar boshqa narsani xohlaydi va munosabatlar yomonlashishni boshlaydi. Avvaliga ular mehribon va xotirjam bo‘lishimni istaydi. Keyin esa muammoning ilk belgilari ko‘rinishni boshlaganda aynan shuni sabab qilib ko‘rsatadi. Agar g‘alaba qozonsam xotirjamligim sabab, mag‘lubiyatga uchrasam ham bunga xotirjamligim sabab bo‘ladi. Qanday qilib bular bir xil bo‘lishi mumkin. “Chelsi”da men shunday qopqonga tushib qoldim.

    Abramovich bilan munosabatlarning darz ketishi 2010-yilning fevralidagi ikki mag‘lubiyatdan keyin sodir bo‘ldi. “Chelsi” uch kun ichida avval Chempionlar Ligasi 1/8 finalida Joze Mourinyo boshchiligidagi “Inter”ga keyin esa APL doirasida o‘z uyida “Manchester Siti”ga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Abramovich bu mag‘lubiyatlarni chaqmoq zarbidek qabul qildi. “Manchester Siti”ga qarshi o‘yindan keyin Abramovich tongi 9 da yig‘ilish o‘tkazdi va nima bo‘lganini so‘radi. “Inter”dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan keyin esa futbolchilarning oldida murabbiy tanlagan taktikani tanqid qildi.

    Foto: Getty Images

    2011-yilda Chempionlar Ligasi chorak finalida “Manchester Yunayted”dan uchralgan mag‘lubiyat “Chelsi” rahbarlari uchun yakuniy nuqta bo‘ldi.

    “Javob o‘yini arafasida Abramovich futbolchilarga yuzlanib, ular g‘alaba qozonishi kerakligini, aks holda jamoani katta o‘zgarishlar kutayotganini aytdi. U menga, agar yutqazsak, ishga qaytib kelmasligimni aytdi. Biz yutqazdik, o‘zimni tirik murdadek his qilsam ham qaytib keldim”, — deya esga oladi italiyalik murabbiy.

    Murabbiy oxirgi o‘yindan keyin darhol “Gudisson Park” koridorida iste’foga chiqarilgan

    Sakkiz yil o‘tganidan keyin u “Everton” murabbiyi etib tayinlandi va taqdimot marosimida bu voqea haqida hazil qildi. “O‘ylashimcha bu yerga ‘Shu yerda Anchelotti iste‘foga chiqarilgan’ degan yozuv o‘rnatilishi kerak”, — degandi italiyalik mutaxassis.

    “Everton”ga tegishli “Gudisson Park” stadioni 2011-yilda APL tarixidagi eng sovuq iste’folardan birini ko‘rgan. Mavsumning so‘nggi uchrashuvida “Chelsi” “Everton”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Anchelotti jurnalistlarga intervyu berayotgan vaqtda press-zonada uni jamoaning boshqaruvchi direktori Ron Gurley kutayotgandi. Anchelotti intervyu berishni tugatgan zahoti Gurley unga ishdan bo‘shatilganini aytgan.

    Oradan ancha yil o‘tib “Real Madrid” murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan mutaxassis qatorasiga ikkinchi yil sobiq jamoasini musobaqadan chiqarib yubormoqda.

    19.04.2023, 22:56   Izoh (0)   5233
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Barselona” Lionel Messining qaytishi klub daromadiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblamoqda 

    19.04.2023, 18:20

    O‘zbekiston mezbonlik qiladigan boks bo‘yicha Jahon chempionatining sovrin jamg‘armasi e’lon qilindi

    19.04.2023, 14:54

    Rossiya terma jamoasi CAFA musobaqasida ishtirok etishdan bosh tortdi

    19.04.2023, 13:11

    YCHLdagi noxush an’anasiga chek qo‘ygan “Milan”, 11 yillik ko‘rsatkichlarni yangilagan Jiru. “Napoli” — “Milan” o‘yiniga oid rekord va raqamlar

    19.04.2023, 12:31

    So‘nggi 13 yilda 11 marta YCHL yarim finaliga chiqqan “Real”, Benzemaning rekordi va Pepga yetib olgan Anchelotti. “Real” — “Chelsi” o‘yiniga oid raqamlar

    19.04.2023, 10:11

    YCHL. “Real” safarda ham “Chelsi”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi, “Milan” esa “Napoli” bilan durang o‘ynadi

    19.04.2023, 01:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.