“Tolibon” harakati Kobulga tashrif buyurgan Rossiya musulmonlari delegatsiyasi bilan muzokara olib bordi. Bu haqda “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri xabar berdi.
Delegatsiya “Tolibon”ning siyosiy masalalar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Abdul-Kabir bilan muzokara o‘tkazgan. “Tolibon” Rossiyaga ularni birinchi bo‘lib tan olgan davlat bo‘lishni taklif qilib, unga Afg‘oniston hududidan hech narsa tahdid solmasligiga va’da bergan.
“Tolibon” tashrifdan Rossiya bilan savdo aloqalarini rivojlantirish, Rossiya jamiyatida Afg‘onistonning ijobiy imijini yaratishga hissa qo‘shishini kutmoqda. Rossiya musulmonlari delegatsiyasi tarkibi quyidagicha:
- Ilman Bechurkaev, Grozniydagi Kunta-hoji Kishiyev nomidagi Islom instituti prorektori;
- Axmed Zalixayev, Moskva sobori masjidi imom-xatibi;
- Magomedgaji Gadjiyev, Dog‘istonlik jamoat arbobi.
Ular Afg‘onistonda qirq yillik urushdan so‘ng milliy xavfsizlik ta’minlanganidan va aholini tartibga solishdan mamnun ekanligini bildirgan. Abdul-Kabir, Islom Amirligi Rossiyani Afg‘oniston tuprog‘i hech bir davlatga qarshi ishlatilmasligiga ishontirganini bildirdi.
Izoh (1)
Moskva sobor masjidi emas balki Moskva jome masjididir. Sobor pravoslav diniga oid tushuncha emasmi