Amerikalik biznesmen Ilon Mask sun’iy intellekt (AI) sohasida ishlaydigan X.AI kompaniyasini yaratdi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar bermoqda.
Hujjatlarga ko‘ra, yangi kompaniya Nevada shtatida ro‘yxatdan o‘tgan. Ilon Mask uning yagona direktori, kotibi esa o‘tgan oy ishga olingan moliya direktori Jared Birchall.
Mask Alphabet kompaniyasining DeepMind AI laboratoriyasi olimi Igor Babushkinni ham ishga olgan. U, shuningdek, GPTchat chat-botini ishlab chiqqan OpenAI kompaniyasi xodimlarini o‘z kompaniyasiga taklif qilmoqchi bo‘lgan, biroq bunga erisha olmagan.
Avvalroq WSJ Ilon Mask OpenAI bilan raqobatlashadigan sun’iy intellekt startapini ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.
Nashrning yozishicha, Ilon Maskning boshqa kompaniyalari Tesla va Twitter hozirda jamoa yig‘ib, o‘z investorlari bilan startap sarmoyasini jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Mart oyida Mask sun’iy intellekt sohasidagi ayrim mutaxassislar bilan birgalikda sun’iy intellektni tartibga solish bo‘yicha qat’iy qoidalarni o‘rnatish maqsadida u bo‘yicha ishlarni to‘xtatib turishga chaqiruvchi ochiq xatni imzolagan edi. Mutaxassislarning fikricha, bunday o‘zgarishlar insoniyat uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
Izoh (0)