5-aprel kuni “O‘zbekinvest” kompaniyasining Toshkent shahar filialida “O‘zbekinvestdan suyunchi” keng ko‘lamli aksiyasining ikkinchi mavsumi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekinvest” kompaniyasida sug‘urta polislarini rasmiylashtirgan O‘zbekiston fuqarolari aksiya ishtirokchilariga aylandi. Sovrin jamg‘armasi Chevrolet Gentra avtomobili, 3 ta AUX konditsioneri, 3 ta Samsung muzlatgichi, 3 ta Samsung Smart TV televizori, 2 ta iPhone 13 Pro smartfoni ko‘rinishidagi qimmatbaho sovg‘alardan iborat bo‘ldi.
Qoraqalpog‘istonlik Qosimov Ayapbergen bosh sovrin – Chevrolet Gentra avtomobili sohibi bo‘ldi.
“Men “O‘zbekinvestdan suyunchi” aksiyasi g‘olibi bo‘ldim. Unutilmas quvonchli tuyg‘ularni oilam bilan baham ko‘rish uchun bugun ular bilan birgalikda keldim. Shunday ulug‘ kunlarda bizlarga shodlik ulashgani uchun “O‘zbekinvest” kompaniyasiga o‘z minnatdorligimni biliraman. Sizlarga doimo omad hamroh bo‘lsin”, — deya g‘olibning o‘zi izoh berdi.
G‘oliblarga sovg‘alarni “O‘zbekinvest” kompaniyasi bosh direktorining o‘rinbosari A.Asatullayev topshirdi va u tadbirning barcha ishtirokchilarini qutlar ekan, kompaniya mijozlariga o‘z mulkini himoyasi sifatida “O‘zbekinvest”ga ko‘rsatilayotgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi.
G‘oliblarga sovrinlarni topshirish marosimidan reportajni havola orqali o‘tib tomosha qilishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)