Toshkent shahridagi 134-maktbada 12-aprel kuni “Konstitutsiya o‘zimizniki” targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Tadbirda ushbu maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar, ota-onalar, hamda shu maktabda tahsil olib, bugungi kunda ulkan yutuqlarga erishgan insonlar qatnashdi. Shuningdek, san’at va madaniyat xodimlari ham tadbirda ishtirok etishdi.
So‘zga chiqqanlar maktabdagi xotiralari, o‘sha paytlardagi ta’limga bo‘lgan e’tibor va bugungi kunda ta’lim sifati va unga qarash qay darajada o‘zgarganini aniq misollar bilan tushuntirib berishdi. Shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar xususida ham fikrlarini bildirishdi.
“Daryo” mazkur tadbirdan fotoreportajni e’tiboringizga havola qiladi.
Izoh (1)
Bizani maktabku