Oliy Majlis Senatining 7-aprel kuni bo‘lib otgan 39-yalpi majlisida Oliy sudning 3 nafar sudyasini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Senat matbuot xizmatining xabar qilishicha, yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Sarvarbek Rahmonov, Ibragim Alimov va Azamat Ikromovni Oliy sudning sudyasi lavozimidan ozod etish haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, senatorlar tomonidan Senat Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)