“O‘zgidromet” 8-aprel, shanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda (2 000 metrdan balandda) qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)