• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ruhiy kasalliklar, “bolam qiynalmasin”, qasos olish istagi: psixolog nega ayrim onalar farzandini o‘ldirishining sabablarini aytdi

    Toshkent shahri Sergeli tumanida 3-aprel kuni ayol o‘zi va uch nafar farzandini 9-qavatdan tashlab, joniga qasd qilgandi. Holatni o‘rganish davomida marhuma olti oydan buyon onasining uyida yashab kelgani, eri esa voqea sodir bo‘lgan paytda umra ziyoratida bo‘lgani aniqlandi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan psixolog Feruza Olimova ayollarni filitsid (farzandini o‘ldirish) qilishga olib keladigan sabablar haqida ma’lumot berdi.

    Bu xulq-atvorning sababini tasavvur qilish qiyin

    Feruza Olimovaning aytishicha, voqea sodir bo‘lgan payt ayol depressiyada bo‘lgani, noiloj qolgani, qiynalgani kabi argumentlar asosli sabab bo‘la olmaydi.

    “O‘zi bunday xulq-atvorning sababini tasavvur qilish qiyin. Chunki o‘sha paytda yomon ahvolda, depressiyada bo‘lgani uchun yoki noiloj bo‘lgani, qiynalgani uchun, degan narsalar hech qachon sabab bo‘lolmaydi. Onani xuddi shunday xulq-atvorgacha olib keladigan omillar kompleks deyiladi. Bu yerda murakkab tahlil qilish mumkin xolos”, — deydi psixolog.

    Psixik kasalliklar

    Feruza Olimova farzandini o‘ldirishgacha borgan ayollarning 40 foizi psixik kasallik va travmalardan aziyat chekishini ma’lum qildi.

    “Birinchi sabab bu, albatta, psixik kasallik. Bunga tug‘uruqdan keyingi depressiya holatlari kiradi. Masalan, hozirgi holatda ayol ketma-ket 3 nafar farzand tug‘gan. Bu vaziyatda, albatta, ayolda psixik buzilishlar bo‘ladi, chunki necha yillab kechalari uxlamaydi, bolalarning kasal bo‘lishi kabi vaziyatlar bo‘ladi. Xuddi shu narsalar boshqa holatlar fonida ayolning ahvolini yomonlashtirishi mumkin. Lekin bu ham farzandni o‘ldirishga sabab bo‘lolmaydi.

    Psixik kasallik bunday holatlarning taxminan 40 foizida uchrashi tasdiqlangan. Demak, bu ishni qilgan onalarning 60 foizi sog‘lom ayollar bo‘ladi. Sog‘lom onalarda qanaqa psixik emotsional buzilishlar yuzaga keladiki, ular bu ishni qiladi? Bu narsaga har doim sud-psixologik ekspertiza jarayonlarida aniq tashxis qo‘yilishi kerak. Shuning uchun biror narsa yoki biror shaxsni aniq sabab sifatida ko‘rsatish qiyin”, — deya fikr bildirdi u.

    “Bolam mendan keyin azob chekmasin”

    Psixologning ta’kidlashicha, ikkinchi sabab altruizm bilan bog‘liq bo‘lib, ona o‘zidan keyin farzandining qiynalishini istamaydi.

    “Ikkinchisi keng tarqalgan sabab — bolam mendan keyin kimga qoladi, degan fikr. Bu fanda altruistik sabab deb ataladi. Ayol farzandim mendan keyin qiynalmasin, deb o‘zicha yechim topadi” — dedi Feruza Olimova.

    Qasos olish istagi

    Psixologning ma’lum qilishicha, filitsidga olib keladigan uchinchi omil qasos olishga bo‘lgan mayl hisoblanadi.

    “Yana bir sababi — ayoldagi qasos olish istagi. Ko‘rdingmi qanaqa ishlar bo‘ldi, sen aybdorsan hammasiga, nima qilganingni ko‘r, deb eridan qasos olishi mumkin. Bunda u farzandni bola emas, qasos olish obyekti deb ko‘radi”, — deya ta’kidladi u.

    Ijtimoiy omillar onalik instinktini buzib yuborishi mumkin

    Feruza Olimovaning aytishicha, yuqoridagilarning hammasi psixik tomondan tekshirilishi kerak, chunki shu kabi holatlar bo‘lganda barcha ayollar ham filitsidgacha yetib bormaydi.

    “Bularning hammasi har doim psixolog tomonidan yaxshilab tekshirilishi, analiz qilinishi kerak bo‘lgan holat. Shunaqa omillar bo‘lgan taqdirda ham hamma ayollar ham shu harakatgacha yetib bormaydi. Juda og‘ir holatlarda ham onalik instinkti ishlaydi, bu bolaning xavfsizligini o‘ylash degani. Bu instinkt tug‘ma, genetik jihatdan berilgan, lekin ba’zida ijtimoiy omillar sabab shunday buzilishlar kuzatiladi. Ona farzandini urib, kaltaklab, biror joyini ko‘kartirib qo‘yishi, kasal bo‘lganda qaramasligi ham shundan”, — deya qo‘shimcha qildi psixolog.

    06.04.2023, 23:43   Izoh (0)   11372
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh prokuratura Sergelida o‘zi va uch farzandini o‘ldirgan ayol ishi bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

    06.04.2023, 23:33

    O‘zbekistonda sportga homiylik ko‘rsatganlarga xorijdagi turnirlarda ishtirok etish imkoniyati beriladi

    06.04.2023, 22:25

    Toshkentda YPX xodimi 2 yoshli qizning hayotini saqlab qoldi (video) 

    06.04.2023, 22:20

    O‘zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilish uchun kichik stansiyalar o‘rnatiladi

    06.04.2023, 21:10

    Poytaxtdagi yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylar atrofida o‘tkazilgan “Konstitutsiya o‘zimizniki” targ‘ibot tadbirlaridan fotoreportaj

    06.04.2023, 20:59

    Farg‘onada 68 yoshli erkak o‘g‘lini sakkiz marotaba pichoqlab, o‘ldirdi 

    06.04.2023, 20:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.