Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda ikki mingdan ziyod tug‘ma yurak nuqsonli bolalar bepul operatsiya qilinayotganini maʼlum qildi.
Xabarga ko‘ra, ularning barchasi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari. Ular jami 64 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga navbatsiz, imtiyozli yo‘llanmasiz, eng malakali shifokorlar tomonidan yuqori texnologik operatsiyalar orqali davolanmoqda.
Rejaga ko‘ra, tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan 2000 nafar bolaning 500 nafari akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanadi.
Izoh (1)
Assalomu alaykum yurak apperatsyasi uchun kimga murojat qilish kerak