• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12466.44
    • RUB155.42
    • EUR14517.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sifat jihatidan rivojlanish bosqichiga ko‘tarilgan davlat va jamiyat uchun yangi konstitutsiyaviy makon zarur” — Tanzila Norboyeva

    Yangilanayotgan Konstitutsiya to‘g‘risida ko‘plab davlat va jamoat vakillari munosabat bildirmoqda. Senat raisi Tanzila Norboyeva ham bosh qomusni yangilashning ahamiyati to‘g‘risida munosabat bildirdi. Parlament yuqori palatasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, so‘ngi 6 yilda amalga oshirilgan islohotlar Konstitutsiyani yangilashga turtki bo‘lmoqda.

    Tanzila Norboyeva
    Foto: Senat

    Konstitutsiyani yangilashning ahamiyati

    Senat raisi Tanzila Norboyeva yuqori palataning 39-yalpi majlisida Konstitutsiya yangilanishining dolzarbligi haqida fikr bildirdi.

    “Barcha islohotlar bir maqsadga — har bir insonning ushbu yurtda erkin yashashi va barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Umuman olganda, Konstitutsiyani yangilash ehtiyoji ham aynan amalga oshirilgan o‘zgarishlardan kelib chiqmoqda. Sifat jihatdan rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarilgan davlat va jamiyat uchun yangi konstitutsiyaviy makon zarur edi.

    Foto: Telegram

    Erishilgan natijalarni, kafolatlanayotgan huquq va erkinliklar davomiyligini taʼminlash, ularga bo‘lgan yondashuvning o‘zgarmasligi va barqaror bo‘lishi uchun ham ularni ishonchli himoyasini Konstitutsiyada mustahkamlash muhim.

    Shu bilan birga, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot strategiyasida belgilangan katta vazifalarni bajarish uchun yangi Konstitutsiya mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi”, –– dedi Senat raisi.

    So‘z, eʼtiqod erkinligi va majburiy mehnat

    Tanzila Norboyeva majlisda so‘zlagan nutqida mamlakatda inson huquqlarini taʼminlash ishlari aniq natijalarga olib kelganini taʼkidladi.

    “So‘z va eʼtiqod erkinligidagi cheklovlar olib tashlandi, ochiqlik va shaffoflik taʼminlandi, davlat organlarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi odatiy holga aylandi. Majburiy mehnat, jumladan, bolalar mehnati butkul barham topdi, xalqaro darajada tan olindi”, — dedi u.

    Foto: Senat

    O‘sayotgan iqtisodiyot

    Senat raisining qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonda iqtisodiy muhit ham sezilarli o‘zgargan, tadbirkorlik uchun keng sharoitlar yaratilgan.

    “Buning natijasida o‘tgan yilda yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi. Iqtisodiyotimizga o‘tgan yilning o‘zida to‘g‘ridan to‘g‘ri 8 milliard dollar xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa 19 milliard dollarga yetdi”, — dedi yuqori palata rahbari.

    Maʼlum qilinishicha, respublikada uy-joy qurilishi sohasida oxirgi olti yilda 300 mingta yoki avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar ko‘p uy-joylar qurilgan. Joriy yilda aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmini 1,5 barobar oshirib, 90 mingga yetkazish belgilangan.

    Foto: Senat

    “Maktab va oliy taʼlimga qamrov oshdi”

    Tanzila Norboyeva o‘z nutqida maktabgacha taʼlim qamrovi 5 yil oldingi 27 foizdan 70 foizga yetgani, besh yilda qamrovni 80 foizga yetkazish uchun 600 ming yangi bog‘cha o‘rni yaratilishi belgilanganini aytdi.

    “Bu yilning o‘zida 70 ta yangi maktab quriladi, 460 tasi kengaytiriladi. 500 ming o‘quvchi o‘rni yaratilib, ularning jami soni 5,3 millionga yetdi. Xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanmoqda, 5 yilda ularning soni 1 000 taga yetkaziladi”, — dedi Senat raisi.

    Taʼkidlanishicha, o‘tgan 5 yil davomida O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalari 2,5 barobar ko‘payib, 198 taga yetgan. Qamrov darajasi 9 foizdan 38 foizga oshgan. OTMlarning 41 tasiga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi, ularda transformatsiya ofislari ochildi.

    “Talabalar uchun imtiyozli taʼlim kreditlari 2 barobar ko‘paytirilib, 2023-yilda 1,7 trillion so‘m ajratiladi. Bu yil ilm-fan va innovatsiyalarga 1,5 trillion so‘m yo‘naltirildi. Bu — 2017-yilga nisbatan qariyb 6 barobar ko‘p”, — dedi Tanzila Norboyeva.

    Joriy yilda tibbiyot sohasida qo‘shimcha 140 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalari, 520 ta olis va chekka mahallada ixcham tibbiyot punktlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 15 mingga yaqin onkologik bemorlarni nur yordamida davolash uchun DXSH asosida Radiologiya markazlarini ochish ko‘zda tutilmoqda.

    Islombek Umaraliyev tayyorladi  

    06.04.2023, 16:40   Izoh (0)   2426
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chiroqchida Qizil kitobga kiritilgan ayiqni otishga kim buyruq bergani ma’lum bo‘ldi

    06.04.2023, 16:27

    O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi 

    06.04.2023, 16:11

    Andijonda uch tup chinorning noqonuniy kesilishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    06.04.2023, 15:47

    Bosh prokuratura Xorazmda voyaga yetmagan qizning guruh bo‘lib zo‘rlangani haqidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi

    06.04.2023, 15:42

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 7-aprel kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    06.04.2023, 15:21

    Qamchiq dovonida yonib ketgan yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

    06.04.2023, 14:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Davlat oliygohlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test natijalari eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 20 avgust, 23:35

    Yerdagi aksariyat turlar evolyutsiyaning “portlashlari” natijasida vujudga kelgan — tadqiqot

    Dunyo | 20 avgust, 23:30

    Qirg‘iziston O‘zbekistonga qoramol eksportini besh baravarga kamaytirdi

    Iqtisodiyot | 20 avgust, 23:10

    Google Docs matnli hujjatlarni sun’iy intellekt podkastlariga aylantirishni o‘zlashtirdi

    Dunyo | 20 avgust, 22:55

    Rossiya Dumasining sobiq deputati G‘arbga 45 mln dollar evaziga maxfiy ma’lumotlarni berganlikda ayblanmoqda

    Dunyo | 20 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.