Fransiya chempionatining 28-turida “PSJ” 19-mart, yakshanba kuni “Renn”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi so‘nggi daqiqalarida Karl Toko-Ekambi mehmonlarning dastlabki golini urdi. Ikkinchi bo‘lim boshida “Renn” yana bir bor parijliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarishsiz qoldi.
“Renn” ushbu g‘alaba evaziga ochkolarini 50 taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. “PSJ” 66 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.
Avvalroq Parij jamoasi “Bavariya”ga yengilib, YCHL 1/8 finalidayoq o‘z yurishini to‘xtatgandi.
Liga 1
28-tur bahsi
19-mart, yakshanba
“PSJ” – “Renn” 0:2
Gollar: 0:1 – 45 Toko-Ekambi, 0:2 – 48 Kalimuendo.
“PSJ”: Donnarumma, Pembele (Zair-Emeri, 46), Bernat (Sanshesh, 55), Bitshiabu, Danilu Pereyra, Mendesh, Verratti, Fabian Ruis (Ekitik, 56), Vitinya, Messi, Mbappe.
“Renn”: Mandanda, Spens (Traore, 78), Vu, Teate, Omari, Tryuffer (Meling, 5), Due (Guiri, 71), Burijo, Ugoshukvu (Santamariya, 78), Kalimuendo (Sala, 78), Toko-Ekambi.
Ogohlantirishlar: Vu (52), Zair-Emeri (80).
Izoh (0)