Shveysariyaning Nyon shahrida 17-mart, juma kuni Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasining 1/4 final va 1/2 bosqichiga qur’a tashlandi.
“Liverpul”ni yenggan “Real” chorak finalda yana bir ingliz klubiga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi. Bu safar Londonning “Chelsi” jamoasi madridliklarga raqib bo‘ladi. “Inter” esa “Benfika”ni sinovdan o‘tkazadi. “Manchester Siti”ning raqibi “Bavariya” bo‘ldi.
1/4 finali qur’asi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- “Real Madrid” — “Chelsi”
- “Inter” — “Benfika”
- “Manchester Siti” — “Bavariya”
- “Milan” — “Napoli”
Shuningdek, yarim finalga ham qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, “Milan”—“Napoli” juftligi g‘olibi “Inter”—“Benfika” g‘olibi bilan o‘ynaydi.
“Real”—“Chelsi” juftligidagi g‘olib bo‘lgan jamoa esa “Manchester Siti”—“Bavariya” o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi bilan yarim finalda uchrashadi.
Chorak finalning dastlabki o‘yinlari 11-12-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi, javob bahslari esa 18-19-aprelga mo‘ljallangan. Yarim final bellashuvlari esa 9-10-may va 16-17-mayda o‘tkaziladi. Final 10-iyun kuni o‘tkaziladi.
Izoh (0)