• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Ko‘p bolali oilada o‘sgan bo‘lsa-da, qiyinchiliklarga qaramay muvaffaqiyatga erishgan jahon yulduzlari (foto)

    Mel Gibson 10 ta aka-uka va opa-singillar bilan o‘sgan, Mark Uolberg esa 9 nafar farzandning eng kichigi ekanini ko‘pchilik bilmaydi. Bo‘lajak mashhurlar ba’zan qiyin sharoitlarda ulg‘ayishiga to‘g‘ri kelganiga qaramay, muvaffaqiyatli karyera qurishni uddalashdi.

    Madonna

    Foto: Getty Images

    Madonna oilada 3-farzand bo‘lib, undan keyin yana uchta farzand dunyoga keladi. Shunday qilib, bo‘lajak qo‘shiqchi besh aka-uka va singlisi bilan o‘sadi. Ularning onasi rentgenolog, otasi esa muhandis bo‘lib ishlagan. Madonna atigi 5 yoshida onasi vafot etadi, 2 yildan keyin otasi uy xizmatchisiga uylandi. Bo‘lajak yulduz otasining qayta turmush qurishidan norozi edi, bu esa otasi bilan kelajakdagi munosabatlarida ma'lum iz qoldiradi. Shunga qaramay, uni pianino darslariga yuborgan otasi edi.

    Madonna akasi Kristofer bilan
    Foto: Getty Images

    Intervyularining birida Madonna shunday deydi: “Sizlarga odob-axloqni onalaringiz o‘rgatgan. Ammo men bu haqida mutlaqo bilmasdim, chunki onam bu dunyoni juda erta tark etdi”. Onasining fojiali o‘limidan keyingi bo‘shliq va sog‘inch uni muvaffaqiyat sari intilishga undaganini qo‘shimcha qiladi: “Meni sevadigan onam yo‘qligi uchun ham butun dunyoni meni sevishga majbur qildim”.

    Mark Uolberg

    Foto: Getty Images

    Mark Uolberg ham katta oilada tug‘ilgan — u 9 farzandning eng kichigi bo‘lgan. Uning otasi yuk mashinasi haydovchisi, onasi hamshira edi. Bola 11 yoshga to‘lganda ota-onasi ajrashishadi, shundan keyin Mark juda yovvoyi hayot kechira boshlaydi. U o‘sha davr haqida shunday deydi: “Ota-onam bizlarni taqdir hukmiga tashlashdi, shuning uchun doimo muammoga duch kelardik. Biz o‘zimizda yo‘q narsani olishni xohlardik, shuning uchun ham boshimiz muammodan chiqmasdi”.

    Mark Uolberg ukalari Donni (chapda) va Pol (o'rtada) bilan
    Foto: Getty Images

    Uolbergning onasi 2021-yilda vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqda u u haqida ta'sirli videoni joylashtirdi va shunday so‘zlar yozilgan uzun post yozdi: “Meni bu dunyoga shunday ajoyib inson keltirganidan, o‘stirganidan va to‘g‘ri hayot yo‘liga yo‘naltirganidan juda xursandman. Ko‘pgina onalar singari u qiyinchiliklarni yengib, farzandlari uchun imkonsiz narsaga erishdi, u hech qachon shikoyat qilmadi. Onam har doim hamma narsani tabassum bilan qildi. U menga eng yomon paytlarda ham eng yaxshi damlarni berdi”.

    Mel Gibson

    Foto: Getty Images

    Mel Gibson 11 bolaning 6-chi edi. Uning otasi advokat, onasi o‘qituvchi bo‘lgan. Gibson 9 yoshida onasi vafot etadi, shuning uchun otasi bolalarni yolg‘iz o‘zi tarbiyaladi. Melning so‘zlariga ko‘ra, aynan otasi ularga halollik, mehnatsevarlik va boshqa ko‘plab qadriyatlarni singdirgan. Dastlab Mel oshpaz yoki jurnalist bo‘lishni o‘ylagan, ammo uning opalaridan biri akasi nomidan Milliy drama san'ati institutiga hujjat topshiradi. Yigit kastingga taklif qilinadi va aktyorlik tajribasi yo‘qligiga qaramay, teatr maktabiga olinadi.

    Mel Gibsonning ukasi Kris
    Foto: Getty Images

    Aytgancha, uning ukalaridan biri ham aktyor, ammo Mel unga qaraganda ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan taniqli aktyor hisoblanadi. Gibsonning hozirda 9 nafar farzandi bor — u deyarli ota-onasini quvib yetdi.

    Maykl Jekson

    Foto: Getty Images

    Bo‘lajak estrada qiroli ishchilar oilasida tug‘ilib, 8 aka-uka va opa-singillari bilan o‘sgan. Ular 2 ta yotoqxonasi bo‘lgan kichkina uyda yashashgan. Mayklning ota-onasi musiqaga befarq emasdi: otasi gitara, onasi esa klarnet va pianino chalishni bilardi. Erta bolalikdan Maykl aka-uka va opa-singillari bilan The Jekson 5 ning bir qismi sifatida musiqa chalishgan, otasi esa guruh menejeri sifatida ro‘yxatga olingan. Otasi o‘g‘liga uning burni kattaligini doim aytardi, bu esa kelajakda xonandaning tashqi ko‘rinishidan doimiy noroziligiga sabab bo‘ladi.

    Maykl Jekson akalari Tito, Jeki, Jermeyn va Marlon bilan
    Foto: Getty Images

    Jeksonning so‘zlariga ko‘ra, u bolaligida doimiy yolg‘izlik tuyg‘usini boshdan kechirgan, shu sababli ham tez-tez yig‘lab turgan. Xonanda buni do‘stlar yetishmasligi va doimiy ishlash bilan izohlagan.

    Bill Myurrey

    Foto: Getty Images

    Bill Myurrey yog‘och sotuvchisi va pochta ishchisi oilasida tug‘ilgan to‘qqiz farzandning beshinchisi bo‘lgan. Bo‘lajak aktyor haqiqiy bezori bo‘lib o‘sadi, lekin u juda ko‘p qobiliyatlarga ega edi: u golf, futbol o‘ynardi, shuningdek, maktab teatr truppasining a'zosi edi. Ota fidoyi oila boshlig‘i bo‘lib, u butun qalbini bolalarini tarbiyalashga bag‘ishlaydi va ularning kelajakdagi muvaffaqiyatiga o‘z hissasini qo‘shadi. Bill 17 yoshida otasi diabetdan vafot etadi. Bu hamma uchun katta zarba bo‘ladi. Onasi ham oilasini cheksiz yaxshi ko‘rar, doim kechki ovqatlar uyushtirar, do‘stlari va qarindoshlarini uyiga chaqirardi. Onasi 67 yoshida saraton kasalligidan vafot etadi.

    Bill Myurrey ukasi Joel bilan
    Foto: Getty Images

    Intervyularidan birida Bill shunday katta oilani juda yaxshi ko‘rishini aytadi: “Hayotda yolg‘iz qolish juda qiyin. Ammo eng yaqin munosabatlaringizni baham ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan aka-uka yoki opa-singilingiz bo‘lsa, bu juda yaxshi. Billning hozirda 6 nafar farzandi bor.

    Enrike Iglesias

    Foto: Getty Images

    Enrike Iglesias — Xulio Iglesiasning 8 farzandining 3-si. Enrike 2 yoshga to‘lganda ota-onasi ajrashadi, otasining ikkinchi nikohidan yana 5 nafar farzandi bor edi. Ajralishdan so‘ng bir muncha vaqt bolalar onasi bilan yashaydi, keyin ular otasinikiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lishadi. U yerda ularni asosan enagasi Elvira Olivares tarbiyalagan, Enrike undan juda minnatdor bo‘lib, hatto birinchi albomini unga bag‘ishlagan.

    Enrike 3 nafar aka-ukalari bilan
    Foto: Getty Images

    Enrikening otasi Xulio Iglesias o‘sha paytda allaqachon taniqli qo‘shiqchi bo‘lgan, ammo o‘g‘li otasining yordamidan foydalanishni istamaydi va yashirincha demoversiya yozib, uni prodyuserga beradi. Enrikening aytishicha, agar ota-onasi uning qo‘shiqchi bo‘lish istagini bilishsa, rozi bo‘lishmasdi. Shunga qaramay, xonanda baxtli bolaligi uchun ota-onasidan cheksiz minnatdor.

    Rianna

    Foto: Getty Images

    Riannaning 5 ta aka-uka va opa-singillari bor — ulardan ikkitasi tug‘ishgan, uchtasi otasining avvalgi munosabatlaridan bo‘lgan aka-ukalaridir. Riannaning onasi buxgalter, otasi esa kiyim-kechak fabrikasida ombor inspektori bo‘lib ishlagan. Ko‘pincha qizi ishdagi kichik topshiriqlarni bajarib, otasiga yordam berardi.

    Rianna oilasi bilan
    Foto: Getty Images

    Bo‘lajak qo‘shiqchi 14 yoshida ota-onasi ajrashishadi, u otasi bilan munosabatlarini to‘xtatadi. Bir muncha vaqt o‘tgach, ota va qiz yarashadi. Bugungi kunda qo‘shiqchi otasini “sayyoradagi eng zo‘r odam" deb ataydi.

    Selin Dion

    Foto: Getty Images

     

    Selin Dion 14 farzandning eng kichigi edi. 13-farzandi tug‘ilgandan keyin onasi boshqa farzand ko‘rmaslikka qaror qiladi. Ammo rejalashtirilmagan tarzda Selin dunyoga keladi. Ularning oilasi juda oddiy, kamtarona daromadga ega edi, ammo shunga qaramay, oila a'zolarining hech biri hech qachon mehrdan mahrum bo‘lmagan. Ularning uyida juda ham tor bo‘lgan. Hamma bolalarining musiqaga ishtiyoqi bor edi, lekin onasi kenja qizining ajoyib iste'dodi borligini payqaydi. U Selin ijro etgan qo‘shiqlarni kassetaga yozib, musiqa menejeriga yuboradi. Shundan keyin Selinning omadli karyerasi boshlanadi.

    Selin Dion onasi, dadasi, opa-singillari va akalari bilan.
    Foto: Getty Images

     

    “Onam ajoyib ayol edi. U otam bilan birga 14 farzandni tarbiyalagan. Pul yetishmasa-da, uyimiz mehrga to‘la edi. Onam qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘rardi va hatto men uchun qo‘shiq yozib bergan. Bu qo‘shiq repertuarimda birinchisi bo‘ldi. Onam hazil tuyg‘usiga ega ayol edi va men uchun haqiqiy qahramon bo‘lgan”, — deydi xonanda.

    15.03.2023, 21:48   Izoh (0)   9015
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ulug‘bek Shodibekov “Mittivine” kulgi jamoasi faoliyatini qanday davom ettirishi haqidagi savolga javob berdi (video)

    15.03.2023, 18:40

    “Farzandini o‘zi bilan birga olib ketdi”. Ulug‘bek Shodibekov Farhod Mannopovning hali tug‘ilmagan farzandi nobud bo‘lgani haqida (video) 

    15.03.2023, 16:45

    “O‘pkaga qon ketib, uch marta yuragi to‘xtab qolgan, bizga buni kech aytishgan”. Ulug‘bek Shodibekov shifokorlarning Farhod Mannopov o‘limiga sabab bo‘lgan xatolar...

    15.03.2023, 15:26

    25 yillik hayoti davomida katta muvaffaqiyatlarga erishgan san’atkor. “Bojalar” guruhining marhum xonandasi Mo‘min Oripovni xotirlaymiz (video)

    15.03.2023, 14:10

    Instagram: Onasi uchun duo so‘ragan Asal Shodiyeva, uyini 550 ming dollarga sotayotgan Rayhon, biznes boshlagan Xonzoda 

    14.03.2023, 22:20

    Dubay shahzodasi Shayx Hamdan uchinchi bor ota bo‘ldi (foto)

    14.03.2023, 18:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.