• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Stereotiplar ta’siri: Markaziy Osiyoda ayollar va erkaklar maoshi o‘rtasidagi katta farq, buning sabab va oqibatlari

    Jahon banki Markaziy Osiyodagi ayollar va erkaklarning ish haqidagi tafovutlar, buning sabab va oqibatlarini tahlil qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Dunyo miqyosida ayollarning ish haqi erkaklar daromadining o‘rtacha 80 foizini tashkil qiladi, Markaziy Osiyoda esa bu tafovut bundan ham katta: Tojikistonda ishlaydigan ayollar erkaklar ish haqining 60 foizini, O‘zbekistonda 61 foizini, Qirg‘izistonda 75 foizini, Qozog‘istonda 78 foizini oladi.

    Xotin-qizlarning jamiyat hayotida to‘liq ishtirok etishi, jumladan, o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish imkoniyati mehnat bozorining diversifikatsiyasi va jadal rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

    Gender tengligi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad va iqtisodiy o‘sish sur’atlari ham baland. 

    Markaziy Osiyo mamlakatlarida an’anaviy ravishda kam ish haqi va ayollar bandlik darajasining pastligi iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatib, kambag‘allar sonining ko‘payishiga olib keladi.

    Agar Markaziy Osiyoda ayollar erkaklar bilan teng mehnat qilib, teng daromad olsa, bu mamlakatlarda milliy daromadning o‘sishi Qozog‘istonda 27 foizdan Tojikistonda 63 foizgacha bo‘lgan bo‘lar edi.

    O‘zbekistonda ishlayotgan ayollar va erkaklar o‘rtasidagi o‘rtacha ish haqi miqdorini tenglashtirishning o‘zigina 700 mingdan ortiq odamni qashshoqlikdan olib chiqadi. 

    Mintaqaning bu imkoniyatlardan foydalanishiga nima to‘sqinlik qilmoqda?

    Jahon bankining “Markaziy Osiyoni tinglash” tadqiqotida so‘rovnomalar o‘tkazilgan. Ularda mintaqaning to‘rtta davlatidan har oy minglab oilalar ishtirok etgan. Ushbu so‘rovnomalar natijasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakatlarda ayollar imkoniyatlarini cheklovchi “kamsitish” amaliyotlari saqlanib qolmoqda.

    2022-yilda mintaqa bo‘ylab respondentlarning uchdan ikki qismi ayol oila va uy ishlari bilan shug‘ullanadigan birinchi shaxs, erkak esa asosiy boquvchi bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. 

    Foto: Jahon banki

    So‘rovnomada qatnashganlarning 20 foizi​​dan 50 foizigacha turmush qurgan ayollar oilada totuvlikni saqlash uchun erlaridan kamroq maosh olishi kerakligini aytgan. Bunday fikrlar shahar va qishloqlarda bir xil darajada keng tarqalgan.

    Bularning barchasi mehnat bozorida xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini, ularning iqtisodiy faolligini cheklovchi munosabat va tasavvurlar keng tarqalganini yaqqol namoyon etadi.

    Gender nomutanosibligi shunchaki shaxsiy imtiyozlar masalasimi yoki tizimli to‘siqlar natijasimi? Bu ayollarning ish haqini erkaklarnikiga nisbatan kamaytiradimi?

    Bu savolga javob izlab, Jahon banki ikkita tajriba o‘tkazdi.

    Birinchi tajriba vinetkalar usuli, ya’ni faraziy belgilarning qisqacha og‘zaki portretlari yordamida amalga oshirildi.

    Har bir holatda u yoki bu umumiy kasbning vakili (masalan, shifokor yoki o‘qituvchi) tavsiflangan va oxirida uning ish haqi miqdori ko‘rsatilgan. Ular bir xil malakaga ega edi. Faqatgina asosiy farqi — ularning yarmida ayol, qolganida erkak ismi bo‘lgan.

    Tajriba ishtirokchilaridan ularning har birining maoshini baholash (juda past, normal yoki juda yuqori) so‘ralgan. Ikki oy davomida 70 mingdan ortiq kishining ushbu ish haqi bo‘yicha fikri o‘rganilgan.

    Natijalar ayollarga nisbatan aniq va tizimli tarafdorlikni ko‘rsatdi. 

    Gap ayollar maoshi haqida ketganda so‘rovda qatnashganlarning 13 foizi bu juda balandligini, 34 foizi esa erkaklar uchun bu maosh juda pastligini qayd etgan.

    Ikkinchi tajriba doirasida yangi xodimlarni ishga qabul qilishdagi kamsitish holatlarini aniqlashga harakat qilingan: O‘zbekistondagi yuzlab haqiqiy ish e’loniga javoban mavjud bo‘lmagan shaxslarning rezyumelari yuborilgan.

    Har bir rezyumedagi malaka, tajriba va boshqa parametrlar bir xil, faqat bitta farq — ariza beruvchilarning yarmi ayollar.

    Birinchi tajribada bo‘lgani kabi, bu kichik ko‘rinadigan farq katta ahamiyatga ega bo‘lib chiqdi.

    Ushbu eksperiment natijalariga ko‘ra, ayol haydovchi ish uchun suhbatga taklif qilinmoqchi bo‘lsa, xuddi shunday malakaga ega bo‘lgan erkakka nisbatan 180 foiz ko‘proq ariza yuborishi kerak.

    Erkaklar esa buxgalter lavozimiga suhbatga taklif qilinish uchun ayollarga qaraganda 79 foiz, ofis menejeri (administrator) lavozimi uchun esa 685 foiz ko‘proq rezyume yuborishi kerak bo‘ladi.

    Ushbu tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy normalar Markaziy Osiyo bo‘ylab erkaklar va ayollar o‘rtasida tengsiz iqtisodiy natijalarga olib keladi.

    Shaxsiy imtiyozlardan tashqari, to‘siqlar erkak-ayollar uchun ish va daromadlar bo‘yicha imkoniyatlarni cheklaydi, ayollarning ish bilan ta’minlanish istiqbollariga nomutanosib ravishda zarar yetkazadi.

    Foto: Jahon banki

    Bu aholining daromadlari va iqtisodiy faolligini pasaytirib, kambag‘allik darajasining oshishiga va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashishiga olib keladi.

    Bu muammolarni hal qilishda birinchi qadamlardan biri tenglik yo‘lidagi huquqiy to‘siqlarni olib tashlash bo‘lishi kerak va mintaqadagi bir qancha hukumatlar bu borada allaqachon chora ko‘rmoqda.

    O‘tgan yili O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib dunyoning 95 ta davlati va deyarli barcha yuqori daromadli davlatlar qatorida erkaklar va ayollar uchun mehnatga teng haq to‘lash bo‘yicha majburiy talabni joriy qildi.

    Markaziy Osiyoning boshqa mamlakat hukumatlari O‘zbekistondan o‘rnak olishi va mehnatga teng haq to‘lashga intilishi kerak, — deyiladi hisobotda.

    Bundan tashqari, Qozog‘iston 2021-yilda “ayollar uchun taqiqlangan kasblar” ro‘yxatini bekor qildi. Xotin-qizlar kasbiy faoliyatning ayrim turlaridan hali ham cheklangan Markaziy Osiyo davlatlari ham bunday cheklovlarni olib tashlashi kerak.

    Jahon bankining hisobotiga ko‘ra, bandlik va ish haqi sohasida gender tengsizligi saqlanib qolayotgan stereotiplardan xalos bo‘lish uchun faqat huquqiy islohotlarning o‘zi yetarli emas.

    Ushbu tengsizliklarni bartaraf etish uchun ish beruvchilar, ishchilar, hukumat va jamiyat ayollar mehnatining roli va qiymati haqidagi keng tarqalgan stereotiplarga qarshi chiqishi kerak.

    Diskriminatsiya va imkoniyatlar tengsizligi muammosini hal etish zarurligi e’tirof etilmaguncha, Markaziy Osiyo qashshoqlikni kamaytirish va iqtisodiy o‘sishning inklyuzivligini oshirish kabi vazifalarni to‘liq bajara olmaydi.

    11.03.2023, 16:00   Izoh (0)   8307
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Bahora Sadirdinova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston hududlarining iqtisodiyotni sanoatlashtirish dinamikasi tahlil qilindi

    10.03.2023, 15:29

    Qirg‘iziston piyoz eksportiga qo‘yilgan taqiqni muddatidan oldin bekor qildi

    10.03.2023, 14:48

    Qozog‘istonda fermerlar hukumatni piyoz eksportiga taqiqni bekor qilishga chaqirmoqda

    09.03.2023, 23:15

    O‘zbekistonda kartoshka hosili kechikmoqda. Bu import hajmini keskin oshiradi

    09.03.2023, 17:51

    Uch oy ichida ilk bor: O‘zbekiston zaxiralari qariyb 2 mlrd dollarga qisqardi

    09.03.2023, 15:08

    O‘zbekistonda kelgusi yillarda iqtisodiy o‘sish qanday o‘zgarishi kutilmoqda?

    07.03.2023, 23:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.