The New York Times nashri Rossiya va Ukraina kuchlari o‘rtasida shiddatli jang kechayotgan Baxmut shahrini sun‘iy yo‘ldoshdan ko‘rinishini namoyish qildi. Suratlar Maxar Technologies kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.
Sun’iy yo‘ldosh tasvirida 6-mart va 23-fevral kunlaridagi holat namoyish qilingan. Unda shaharning sharqiy qismi eng ko‘p vayron bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Yana bir suratdan so‘nggi bir necha hafta ichida Baxmut janubidagi hudud va ko‘prik katta zarar ko‘rgani aks etgan. 23-fevraldagi suratda esa shahardagi sanoat korxonalari va turar joy binolari vayron qilingani ko‘rsatilgan.
Avvalroq Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Ukraina kuchlari Donetsk viloyatining Baxmut hududida mudofaa perimetrini kuchaytirganini ma’lum qilgandi. Britaniya razvedkachilari 2-mart kuni Baxmutdagi ko‘prik portlatilganini eslatib o‘tgan va bu qayta ta’minot harakatlarini murakkablashtirishini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, razvedka “Vagner” va Rossiya Mudofaa vazirligi o‘rtasida o‘q-dorilarni taqsimlash bo‘yicha ommaviy kelishmovchilik oldinga siljish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy tarkibni va o‘q-dorilarni ushlab turishda qiyinchilikka sabab bo‘lishini bildirgan.
Izoh (0)