Ukraina qurolli kuchlarining zaxiradagi polkovnigi, harbiy uchuvchi instruktor Roman Svitan nega ukrainalik askarlarga Baxmutni saqlab qolish juda muhimligini tushuntirdi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-03-05_21-52-45.jpg)
Ma’lum qilinishicha, Donetsk viloyati Baxmut yaqinidagi vaziyat juda og‘ir, ayniqsa so‘nggi ikki hafta ichida Rossiya bor kuchlarini u yerga to’plagan.
“Ular ’Vagner’ni chiziq bo‘linmalari bilan kuchaytirdi, ma’lum artilleriyani joylashtirdi. Aviatsiya ham jalb qilingan. Bizning qo‘shinlar mustahkamlangan hududni o‘z-o‘zidan tark etishi foyda olib kelmaydi. Gap shaharda emas, mustahkamlangan hududda. Bu Chasov Yar va Baxmut o‘rtasidagi tandem bo‘lib, bir-birini qoplaydigan ikkita garnizondir. Chasov Yardan tashqariga chiqish ruslarga Drujkovka, Kramatorsk va Slavyansk tomon yo‘l ochadi”, — deydi Svitan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Baxmutni tark etish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi, keyin Chasov Yar hududi nazorat qilinishi mumkin, hamma narsa operatsion vaziyatga bog‘liq bo‘ladi.
Izoh (0)