Rejissor Darren Aronofskining “Kit” dramasi kutilganidan ko‘proq natijani qayd etdi va butun dunyo bo‘ylab 30 million dollar miqdorida daromad to‘pladi. Bu loyihaning dastlabki byudjetidan o‘n barobar ko‘p, ya’ni filmga 3 million dollar mablag‘ sarflangan.
Shimoliy Amerikadagi va xalqaro hududlardagi kinoteatrlarning har biri 15 million dollardan daromad keltirdi. Meksikadagi tomoshabinlar “Kit” filmiga alohida qiziqish bildirdi, u yerda film debyuti dam olish kuni yakunlari bo‘yicha kassada birinchi o‘rinni egalladi.
“Kit” filmi dramaturg Semyuel Xanterning xuddi shu nomdagi pyesasi asosida suratga olingan, shuningdek u loyihaning ssenariy yozuvchilari qatorida ham bo‘lgan. Syujet markazida semiz ingliz tili o‘qituvchisi Charli (loyihada bu obrazni Brendan Freyzer gavdalantirgan) turadi. Charli o‘limidan oldin bir paytlar tashlab ketgan o‘smir qizi Elli (Sedi Sink ijrosida) bilan yarashish uchun unga vaqt ajratishni istaydi.
Shuningdek filmda Xong Chau, Tay Simpkins va Samanta Morton kabi aktyorlar rol ijro etgan. Aktyor Freyzer bu filmdagi roli uchun “Oskar” nominatsiyasiga, shuningdek, Amerika aktyorlar gildiyasi mukofoti va “Tanqidchilar tanlovi” mukofotlariga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)