• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ilgari 5-6 oy paxta dalasida yursak ham birov so‘ramasdi, hozir onlayn taʼlimdagi kamchilik prezidentni tashvishlantirmoqda” — maktab direktori

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Qo‘shilmaslik harakatining Muloqot guruhi sammitidagi nutqida respublikada pandemiya sababli yoshlarning sifatli taʼlim olishida muammolar yuzaga kelganini, ular professional bilim olishda qiynalganini, oqibatda yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchi susayganini maʼlum qildi. 

    “Pandemiyaning salbiy taʼsirini, birinchi galda, o‘sib kelayotgan yoshlarimiz his qilmoqda, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Ularning sifatli taʼlim va professional bilim olish, tibbiy xizmatlardan foydalanish va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlari keskin kamaymoqda. Eng yomoni, yosh avlodning kelgusida hayotda o‘z munosib o‘rnini topishiga bo‘lgan ishonchi va qatʼiyati susaymoqda. Shuningdek, minglab yoshlarning ongu tafakkuriga buzg‘unchi va radikal mafkuralar taʼsiri ham tobora kuchaymoqda”, — dedi prezident yoshlar taqdiridan tashvishlanayotganini aytar ekan.

    “Daryo” davlat rahbarini tashvishlantirgan masala yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova bilan subatlashishga urindi. Ammo vazirning vaqti bo‘lmagach, taʼlim fidoyilaridan birini suhbatga chorlab, prezidentni tashvishlantirayotgan muammoning yechimi haqida qiziqdi.

    “Yurtboshimizning mazkur nutqini katta qiziqish bilan o‘qib chiqdim, albatta. Dunyoda yuzaga kelgan pandemiya muammosi, mazkur qish mavsumidagi anomal sovuq sabab o‘quvchilarimiz onlayn taʼlim olishga majbur bo‘ldi. Yuzaga kelgan vaziyatlar aynan onlayn taʼlim bilan yuzma-yuz kelishimizga sabab bo‘ldi. Bu boradagi kamchiliklarimiz esa o‘quvchilarning taʼlimdan ko‘ngli sovib yetarli darajada bilim ololmasligiga olib keldi”, — deydi suhbatdosh Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanidagi 22-maktab direktori Abdunabi Abdiyev.

    Abdunabi Abdiyev.
    Foto: Azizbek Yazdurdiyev

    Taʼlim fidoyisining aytishicha, bugungi kun o‘quvchilari axborot texnologiyalarini yaxshi bilgani uchun o‘qituvchilar ham ularning talabiga javob bera oladigan, zamon bilan hamnafas o‘qituvchi bo‘lishi kerak.

    “Bugungi kun o‘quvchilari anoyi emas, ular axborot texnologiyalarini juda yaxshi biladi. Shu sabab bugungi kun o‘qituvchilari ham o‘quvchilarning talabidan kelib chiqqan holda zamon bilan hamnafas, taʼbir joiz bo‘lsa oyog‘ini qo‘liga olib yuguradigan xodimlar bo‘lishi kerak”, — deydi maktab direktori.

    45 yillik ish tajribaga ega Abdunabi Abdiyevning aytishicha, ayni kunda maktablarda faoliyat yurituvchi aksariyat o‘qituvchilar yangi, zamonaviy axborot texnologiyalarini yetarli darajada bilmaydi.

    “Bugun maktablarimizdagi yoshi katta, ancha vaqtdan beri ishlab kelayotgan o‘qituvchilarning aksariyati zamonaviy texnologiyalarni bilmaydi, internetdan unumli foydalana olmaydi. O‘zini sinfxonadagi yakka hokim deb biladi. Aslida o‘quvchi o‘zi bajarib ko‘rsa ko‘proq bilim olishini anglab yetmaydi”, — deydi suhbatdosh muallim.

    Abdunabi Abdiyevning taʼkidlashicha, prezident tashvishiga sabab bo‘lgan omillardan yana biri bu — umumtaʼlim maktablaridagi sinfxonalarda o‘quvchilar sonining ko‘pligi.

    “Bugun yoshlarning yetarli darajada bilim ololmayotganining yana bir sababi sinfxonada o‘quvchilar sonining 35-40 nafarga yetib qolgani hisoblanadi. O‘qituvchi 45 daqiqalik darsi davomida 40 nafar o‘quvchiga mavzu o‘tadimi, uyga vazifani so‘raydimi, qay biriga ulguradi? Shuning uchun sinfxonalarda o‘quvchilar soni 20-25 nafarga kamaysa, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlashi uchun yetarli vaqti bo‘ladi. Bu masala bo‘yicha nafaqat men, barcha taʼlim fidoyilari vazirlikka taklif berib keladi”, — deydi 22-maktab direktori.

    Suhbatdosh direktorning aytishicha, maktabning yuqori sinf o‘quvchilariga yo‘naltirilgan taʼlim bo‘yicha tahsil berish kerak.

    “Prezidentimiz bundan avvalroq nega maktab bitiruvchilarining OTMga kirishiga qaraganda repititorlar tayyorlagan o‘quvchilarning oliygohlarga kirishi yaxshi, maktablarda nega yetarlicha bilim berilmayapti degan fikrni ham aytgandi. Davlatimiz rahbarining bu tashvishida ham jon bor. Boisi, biz maktabda bitiruvchi sinflarni ham 14 ta fan bilan chalg‘ityapmiz. Aslida boshlang‘ich va o‘rta taʼlimda umumtaʼlim fanlari haqida tushuncha berib, bitiruvchi sinflar uchun yo‘naltirilgan taʼlim tizimiga o‘tishimiz kerak. Yo‘naltirilgan taʼlim deganda to‘rtta yo‘nalishni — aniq, tabiiy, ijtimoiy gumanitar va xorijiy fanlarga yo‘naltirib, bitiruvchiga kerakli fanni o‘qitishimiz kerak. Repititor shu tartibda yaʼni o‘quvchiga eng kerakli fanni o‘qitib, o‘quvchini shunga tayyorlaydi”, — deydi Abdunabi Abdiyev.

    Direktorning qo‘shimcha qilishicha, maktablarda o‘qituvchilarga 1000 dollar maosh berish boshlangach, endilikda o‘qituvchilarning salohiyati, shu maoshga qay darajada javob bera olishi haqida bosh qotirish kerak.

    “Bugun maktablardagi o‘qituvchilar ikki toifaga ajralib qoldi. O‘quvchiga oddiy bilimni ham berolmaydigan bunga salohiyati yetmayotgan o‘qituvchilar va o‘z ustida ishlaydigan, bugun prezident aytayotgan 1000 dollarlik maoshga yuz foiz haqli bo‘lgan o‘qituvchilar. Biz ikkinchi toifadagi o‘qituvchilar sonini ko‘paytirishimiz va maktabga kelib-ketib, o‘quvchiga bilim berolmaydigan, shunchaki testda tavakkal belgilab qanaqadir daraja va sertifikatlarni olib, o‘zini va o‘quvchilarni aldab yurgan o‘qituvchilardan kechishimiz kerak. Shundagina prezidentni tashvishlantirayotgan muammolarga yechim topamiz”, — deydi suhbatdosh.

    06.03.2023, 16:40   Izoh (0)   4648
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Xavfsiz hayot uchun” xayriya marafoni

    06.03.2023, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

    06.03.2023, 16:07

    O‘zbekistonda 11-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

    06.03.2023, 16:00

    Farg‘onada aqidaparastlikka da’vat etuvchi materiallarni targ‘ib qilgan erkak qamaldi

    06.03.2023, 14:40

    “O‘zgidromet” hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi

    06.03.2023, 13:54

    Toshkentda “Ryodan” harakatiga aloqadorlikda gumonlangan 50 ga yaqin o‘smir ushlandi

    06.03.2023, 12:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil hujumida 80 dan ortiq g‘azolik halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 25 iyun, 08:40

    O‘zbekistonliklar qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha Shvetsiyaga ishga yuboriladi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 08:38

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” 3-turda yirik hisobda g‘alaba qozondi, yana bir uchrashuvda durang qayd etildi (video)

    Sport | 25 iyun, 08:38

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Benfika” so‘nggi turda “Bavariya”dan ustun keldi, “Boka Xuniros” turnir bilan xayrlashdi (video)

    Sport | 25 iyun, 08:10

    “Daryo” dayjesti: 24-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:15

    Chinozdagi dehqon bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:00

    NASA’ning “o‘lik” sun’iy yo‘ldoshi 60 yildan so‘ng birinchi marta signal yubordi

    Dunyo | 24 iyun, 22:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.