Tarix va geografiya fanlaridan namunaviy test topshiriqlari va test spetsifikatsiyasi eʼlon qilindi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari ilk bor 2023-yil 21-may kuni o‘tkaziladi. Mazkur fanlardan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi va namunaviy test topshiriqlari eʼlon qilindi.
Shuningdek, test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 24-apreldan 7-mayga qadar my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
Geografiya fanidan:
Tarix fanidan:
Avvalroq Davlat test markazi ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari qachon o‘tkazilishi haqida ma’lumot bergandi.
Izoh (0)