Ushbu retsept asosida tayyorlanadigan pirogning xamiri og‘izda eriydigan, nachinkasi juda yumshoq bo‘ladi. Shirinlikka o‘zingizga yoqqan murabboni ham qo‘shishingiz mumkin.
Kerakli masalliqlar:
- sariyog‘ — 80 g
- shakar — 130 g
- tuxum — 3 dona
- tuz — bir chimdim
- un — 160 g
- pishiriq kukuni — 1 choy qoshiq
- tvorog — 400 g
- smetana — 150 g
Tayyorlanishi:
- Yumshatilgan sariyog‘ni 30 gr shakar bilan yaxshilab aralashtirib oling.
- Bitta tuxum va tuz qo‘shib aralashtiring. Unning ustiga pishiriq kukuni solib, yumshoq xamir hosil qiling.
- Xamirning diametri 25 sm bo‘lsin. Ortib qolgan tomonlarini kesib oling.
- Shakar va qaymoqni qolgan tvorog, shakar va smetana bilan blender yordamida aralashtiring. Unda ikkita tuxumni qo‘shib, yana yaxshilab aralashtirib oling.
- Tvorogli massani xamirning ustiga qo‘ying.
- Pirogni pechda taxminan 35 daqiqa davomida 180 daraja haroratda pishirib oling.
Yoqimli ishtaha!
Izoh (0)