Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 24-turida “Liverpul” 18-fevral, shanba kuni “Nyukasl” maydoniga safar qildi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Darvin Nunyes hisobni ochdi. 17-daqiqada Kodi Gakpo mersisayliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 22-daqiqada “Nyukasl” darvozaboni Nik Poup qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda jamoa bir kishi kam bo‘lib harakat qildi.
O‘yin oxiriga qadar shu hisob saqlanib qoldi va Yurgen Klopp shogirdlari 3 ochko olishga muvaffaq bo‘ldi. “Liverpul” ochkolari sonini 35 taga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Nyukasl” esa 41 ochko bilan 4-pog‘onani band etgan.
APL
24-tur bahsi
18-fevral, shanba
“Nyukasl” — “Liverpul” 0:2
Gollar: 0:1 – 10 Nunyes, 0:2 – 17 Gakpo.
“Nyukasl”: Poup, Trippyer (Merfi, 64), Sher, Botman, Bern, Anderson (Dubravka, 24), Longstaff, Almiron (Gordon, 64), Sen-Maksimen, Joelinton (Ritchi, 71), Isak (Uilson, 64).
“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes, Robertson, Baychetich (Milner, 59), Henderson (Elliott, 59), Fabinyo, Saloh, Gakpo (Diogu Jota, 59), Nunyes (Firmino, 59).
Ogohlantirishlar: Fabinyo (20), Almiron (37).
Chetlatish: Poup (22).
Izoh (0)