Toshkent shahri Yunusobod tumanida 18-fevral kuni 4 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 19:30 da Xotira maydoni qarshisida:
- Davlat raqam belgisi 10 Q 948 YA bo‘lgan Cobalt;
- Davlat raqam belgisi 01 R 504 VB bo‘lgan Spark;
- Davlat raqam belgisi 01 B 984 WB bo‘lgan Gentra;
- Davlat raqam belgisi 01 C 668 WA bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida Cobalt avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. FVV xodimlari tomonidan yong‘in bartaraf etilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Cobalt hamda Matiz avtomashinasi haydovchilari tan jarohati olgan.
Izoh (0)