Milliarder Ilon Mask Dubaydagi Jahon hukumati sammitidagi nutqida sun’iy intellekt insoniyat uchun eng katta xavf ekanini aytdi. Bu haqda New York Post xabar berdi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellektning ijobiy va salbiy tomonlari ham bor. Biroq undan foydalanish istiqbollariga qaramay, u katta xavf tug‘dirishini qayd etdi.
“Sivilizatsiya kelajagi uchun eng katta xavflardan biri bu sun’iy intellektdir. U yetarli imkoniyatlarga egaliga qaramay, katta xavf tug‘diradi. Sun’iy intellekt ma’lum vaqt nazoratdan chiqib ketdi. Unda ko‘pchilik uchun foydalanuvchi interfeysi yo‘q edi”, — deb tushuntirdi milliarder.
Shuningdek, Mask odamlar sun’iy intellekt xavfsizligini tartibga solishi kerakligi, chunki bu avtomobillar, samolyotlar yoki dori vositalaridan ko‘ra ko‘proq jamiyatga xavf tug‘dirishi aytdi. Milliarder 2018-yilda sun’iy intellekt yadroviy quroldan ham xavfliroq bo‘lishi mumkinligini bildirgandi. 2020-yilda esa u Google’ga tegishli DeepMind loyihasidan qo‘rqishini va sun’iy intellekt dunyoni egallashi mumkinligini aytgandi.
Izoh (0)