O‘zbekiston oliygohlarida to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 15-martga qadar uzaytirildi.
Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 15-marti etib belgilandi.
Shuningdek, qaror bilan 2023-yil 20-yanvardan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadigan bo‘ldi.
Izoh (0)