Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining Telegram botiga Namangan shahrida yashovchi fuqaro M.Y. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro 23-yanvar kuni “Umidavto” lizing kompaniyasi filiali bilan lizing asosida avtomashina sotib olish uchun shartnoma tuzib, qirq besh million sakkiz yuzi yetmish besh ming so‘m qisman to‘lov amalga oshirgan.
Ammo bir kun o‘tib, ushbu kompaniya shartnoma shartlarini vaqtida bajarmayotganligi haqida turli manbalardan xabar topgan va to‘lagan pullarini qaytarishda amaliy yordam so‘rab murojaat etgan.
Holat yuzasidan Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan “Umidavto” lizing kompaniyasi rahbariyatiga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi va natijada fuqaro M.Y. tomonidan to‘langan 45 875 000 so‘m to‘liq qaytarilishga erishildi.
Izoh (0)