Morning Consult tahlil kompaniyasi amerikalik muxlislar o‘rtasida sportning barcha turi bo‘yicha eng yaxshisi kimligini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.
Unga ko‘ra “Chikago”ning afsonaviy basketbolchisi Maykl Jordan 19% ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni NFL ning 7 karra chempioni Tom Bredi egalladi.
Kobi Brayant 5-o‘rindan, Lebron Jeyms esa 6-o‘rindan joy olgan.
Muxlislar ovoziga ko‘ra barcha davrlarning eng yaxshi sportchilari:
1. Maykl Jordan (basketbol)– 19%
2. Tom Bredi (amerikacha futbol)– 12%
3. Muhammad Ali (boks)– 8%
4. Beyb Rut (beysbol) – 7%
5. Kobi Brayant (futbol) – 5%
6. Lebron Jeyms (basketbol) – 4%
7. Jim Torp (yengil atletika)– 4%
8. Lionel Messi (futbol) – 3%
9. Pele (futbol)– 3%
10. Serena Uilyams (tennis) – 3%.
NHL ning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri Ueyn Gretski 2% ovoz bilan 10-16-o‘rinni qayd etgan. Shuningdek, gimnast Simona Bayls, golfchi Tayger Vuds, suzuvchi Maykl Felps, yengil atletikachi Jessi Ouen, beysbol va amerikancha futbol o‘ynagan Bo Jeksonlar ham 2% ovoz to‘plagan.
Izoh (4)
Коби Брайн хам футболчи булмаган
Майкл Джордан бокисчи булмаганку. баскетболчи булганку
Kobe Bryant esa futbolchi emas basketbolchi
sportchilarni tog'ri yozish kerak Michel Jordan bokschi emas basketbolchi