• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo kundaligi”da 10-fevral kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    Daryo” nashri 10-fevralda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e‘tiboringizga havola etadi.

    Rossiya qiruvchi samolyotlari havoga ko‘tarildi

    Ukrainada 10-fevral tongida Rossiyaning raketa zarbalari ehtimoli yuqoriligi sababli, mamlakat bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Soat 12:14 da esa Kiyev osmonida havo hujumidan mudofaa kuchlari 10 ta raketani urib tushirdi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

    “Belarusskiy Gayun” monitoring guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, Belarusning Machulishi aerodromida “Kinjal” gipertovushli raketalarini tashishga qodir uchta Rossiyaning “MiG-31K” qiruvchi samolyoti havoga ko‘tarilgan. Shuningdek, Belarusda Rossiyaning A-50U uzoq masofali radarlarini aniqlash va boshqarish samolyotlari parvozi qayd etildi.

    Shahar meri Vitaliy Klichko hozircha qurbonlar yo‘qligini, ammo elektr uzilishlari kuzatilgani haqida ma‘lumot bergan.

    Ukrainada davom etayotgan shiddatli janglar 

    Ukraina armiyasi janglarning shiddatli borishi tufayli snaryadlar taqchilligiga duch kelmoqda, ular “juda tez tugamoqda”, dedi Ukraina prezidenti ofisi rahbarining o‘rinbosari Igor Jovkva Bloomberg telekanali efirida. “Sizda artilleriya bor, juda ko‘p snaryadlar bor. Hozir bizda o‘q-dorilar deyarli nolga teng”, — dedi Jovkva.

    U qiruvchilar ham bir qancha sabablarga ko‘ra zarurligini ta’kidladi, jumladan, ular “Ukraina osmonida tobora ko‘proq paydo bo‘layotgan” ballistik raketalarni tutishda muhim.

    AQSH davlat kotibi Entoni Blinken fevral oyi boshida Ukrainaga yetkazib beriladigan ta’minot turlarini ko‘rib chiqayotganini aytgandi. 

    Shundan so‘ng NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Rossiyaning tinch muloqot o‘tkazish istagini hozircha ko‘rmayotganini va shuning uchun Kiyevga hududlarini qaytarib olish va suveren davlat bo‘lib qolishiga yordam berishini ta’kidladi.

    So‘nggi haftalarda Ukraina rasmiylari Donbassda shiddatli janglar davom etayotgani haqida bir necha bor xabar berdi. “Donetsk viloyatida juda qiyin, shiddatli janglar bormoqda. Ammo bu qanchalik og‘ir bo‘lmasin va qanday bosim bo‘lmasin, biz chidashimiz kerak”, — degandi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy fevral oyi boshida.

    Turkiyada kuchli zilzila boʻlishi avvaldan kutilganmidi?

    Turkiyadagi zilzila minglab insonlar o’limiga sabab bo‘ldi. Bunday jarayonlar ehtimoli avvaldan o‘rganiladimi? “Daryo” nashri geologiya-minerologiya fanlari doktori, professor Vohidxon Ismoilov ushbu mavzuda tahliliy suhbat tayyorladi.

    Turkiyada juda fojiali zilzila boʻldi. Bu avvaldan kutilgan zilzila edi. Ammo yer qimirlashining kuni aniq prognoz qilinmagandi. Kutilgani shundan iboratki, mamlakatda 90-yillarda zilzila boʻyicha hududli xaritalash ishlari olib borilgan. Oʻsha hududlarda ehtimoliy zilzila 9-10 ballik boʻlishi mumkinligi belgilangan.

    Zilzila hududlari sharqiy Anadoʻli yorigʻida joylashgan. Bu yoriqning uzunligi 700—1000 kilometrga yetadi. Masalan, 1939-yilda Turkiyada sodir boʻlgan “Erzinjon” zilzilasi va 1988-yilda Kavkazda 25 ming odam o‘limiga sabab bo‘lgan “Spitak” zilzilasi ham oʻsha yoriq chizigʻida sodir boʻlgan.

    Turkiyadagi oxirgi zilzila ham Anadoʻli yorigʻining janubida, Qahramonvarash, Gaziantep shaharlari atrofida sodir boʻldi. Yoriq uzunlashadi ham, chuqurlashadi ham, yoniga ham kengayadi. Bu tektonik plitalarning harakatidir.

    Turkiyaning janubidagi Suriya tomonda arab plitasi bor. Oʻsha plita va Anadoʻli plitasi oʻrtasidagi bosimdan Anadoʻli plitasi gʻarb tomonga qochyapti. Shuning natijasida anchagina yoriqlar paydo boʻlyapti. Yer qa’ridagi yoriqlarning uzilishi va siljishi qayishqoq toʻlqinlarga olib keladi va bu zilzila tarzida namoyon boʻladi.

    Professorning aytishicha, dunyodagi zilzilalarning 20 foizi Yaponiyada sodir bo‘lgan. U yerda koʻrsatkich shu darajada yuqoriki, oxirgi, 2011-yildagi Fukusima zilzilasi 9 balldan oshiq magnitudada boʻlgan. Yaponlar zilzilalarga moslashgani uchun u yerda binolarni mustahkam qurishga eʼtibor kuchli, odamlarni zilzilalar va sunamilarga yoshligidan, maktabdan tayyorlashadi.
    Ma'lumot o‘rnida, Yaponiyada qurilayotgan binolarda 800—1000 markali betonlar ishlatiladi. Oʻsha beton bino qurishdan oldin sinab koʻriladi. Sinov davrida beton zilziladan kattaroq kuchlanishga bardoshli boʻlishi talab etiladi.

    O‘zbekistonda 2023-yilgi tashabbusli budjet uchun 2 trln so‘m ajratiladi. Xo‘sh bu qanday jarayon?

    O‘zbekistonda 2023-yilgi tuman va shahar budjetlaridan tashabbusli budjet uchun 2 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi. Tashabbusli budjet o‘zi nima deysizmi? Bu jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflarni moliyalashtirishdir.

    Shuningdek, 2023-yil boshiga mahalliy budjetlarda shakllangan mablag‘larining 30 foizi mahalliy hokimliklar tomonidan Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. 

    Hozirga qadar, aniqrog‘i 2023-yil 9-fevral holatiga ko‘ra Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalarida 899 mlrd so‘m mablag‘ shakllanib bo’ldi.

    Umumiy olsak, jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflarni moliyalashtirish uchun 2023-yilda budjetdan jami 8 trillion so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi mo‘ljallangan. 

    Shundan:

    • 2 trillion so‘m – “Tashabbusli budjet” jarayonlari uchun 
    • 320 milliard so‘m – “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida tuman va shahar budjetlarida rejalashtirilgan;
    • 4 trillion so‘m – “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirish uchun ajratiladi.
    10.02.2023, 23:55   Izoh (0)   7793
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Afg‘onistonga va’da qilingan miqdorda elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi

    10.02.2023, 23:44

    Odamlarning Marsga parvoz qilishi imkoniyati baholandi. Ilon Maskning fikri rad etildi

    10.02.2023, 23:17

    “Qizimga uy emas, qabr sotib oldim”: Turkiyadagi zilzilada mo‘jizaviy tarzda tirik qolganlar va halok bo‘lganlar hikoyasi

    10.02.2023, 22:05

    Ukrainadagi urush yozgacha tugashi mumkin: ekspert bunga ishora qiluvchi omillarni aytdi

    10.02.2023, 20:33

    Quddusda mashina avtobus bekatiga kirib ketdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor (video, foto)

    10.02.2023, 19:13

    Ukraina Niderlandiyaga F-16 qiruvchilari uchun rasmiy so‘rov yubordi

    10.02.2023, 19:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Falastinga nasbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.