Netflix’ning dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan “Uenzdey” seriali yulduzi Jenna Ortega Adidas brendi elchisiga aylandi. Kompaniya vakillari o‘z bayonotida yangi avlod madaniyatini rivojlantirish istagida ekanligini bildirdi.
Tez orada ular butunlay yangi qo‘shma brendni taqdim etadi, biroq hamkorlik tafsilotlari hali oshkor qilinmagan. Korporatsiya Ortega futbol va yoganing ashaddiy muxlisi ekanligini eslatib o‘tdi. “Aktrisa nimaga ishonsa, o‘shani qiladi va bunga bor kuchini sarflaydi”, — deb ta’kidladi kompaniya vakili.
“Adidas’ga bo‘lgan muhabbatim ancha oldin boshlangan. Brend doim sport, musiqa va madaniyatda mavjud bo‘lib kelgan va ko‘plab sohalarda innovator bo‘lib qolmoqda. Bolaligimda doim Adidas brendining krossovkalari va futbolkalarini kiyib yurardim va shu kungacha mening garderobimdagi narsalarning aksariyati uch chiziqdan iborat”, — deydi Ortega.
Izoh (0)