Singapurda erkak u bilan uchrashishdan bosh tortib, do‘st bo‘lib qolishni istagan ayolni sudga berdi. Bu haqda The Strait Times xabar berdi.
Kaushigan ismli erkak Nora Tan ismli ayoldan unga yetkazgan “ruhiy travma” uchun 3 million dollar talab qilmoqda. Ular 2016-yilda tanishgan va vaqt o‘tishi bilan do‘st bo‘lgan. Erkakda ayolga nisbat hissiyot uyg‘ongan, ayol esa Kaushiganni faqat do‘st sifatida ko‘rishini bildirgan.
Erkak Nora Tanni “ruhiy travma” yetkazgani uchun sudga bermoqchi bo‘lgan, biroq Nora u bilan psixologik maslahatga borishga rozi bo‘lgach, da’voni to‘xtatib qo‘ygan. Ammo maslahatlashuvlarda erkak ayolga u bilan uchrashishni yoki sudga borishini aytgan.
Psixologik ko‘rik bir yarim yildan ortiq davom etgan, oxirida Kaushigan uni bekor qilgan. Shunday qilib, u ayolga qarshi ikkita da’vo qo‘zg‘atgan. Ulardan biri Oliy suddagi “yulduz obro‘siga putur yetkazish” va ajralishdan keyingi "jarohat, ruhiy tushkunlik” da’vosi bo‘lib, 3 million dollar undirishni o‘z ichiga oladi.
Ikkinchisi esa xalqaro sudga berilgan da’vo, erkak u orqali 22 ming dollar undirmoqchi bo‘lgan. Mazkur da’vo rad etilgan, chunki sud uni asossiz deb topgan. Birinchi da’vo bo‘yicha sud majlisi 9-fevralda bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda, ayol erkakka qarshi himoya orderini olgan va qarshi da’vo berish uchun advokatlarni jalb qilgan.
Mavzuga doir: