Jahon shaxmat federatsiyasi aprel oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 4 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.
![](/static/2024/05/02/Screenshot 2024-05-02 134943-2S7Go7cq.png)
Reytingda Nodirbek Abdusattorov 5-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi reytingda 4-o‘rinni egallagan edi. Javohir Sindorov reytingda avvalgi oy kabi 50-o‘rinda qayd etildi. Fevral oyida e’lon qilingan reytingda u reytingda 36-o‘rinda qayd etilgan edi. Bundan tashqari, eng kuchli shaxmatchilar reytingida Rustam Qosimjonov (48-o‘rin) hamda Nodirbek Yakubboyev (72-o‘rin) o‘rin olgan.
![](/static/2024/05/02/Screenshot 2024-05-02 135500-8Z2PoZF9.png)
Nodirbek yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda birinchi o‘rinda qayd etilgan. Yana bir hamyurtimiz Javohir Sindorov sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. U aprel oyida oltinchi o‘rinda qayd etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov “Tepe Sigeman 2024” musobaqasida ishtirok etmoqda. Hozirda O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi 5 turdan 2.5 ochko jamg‘argan holda beshinchi o‘rinda bormoqda.
![](/static/2024/05/02/photo_2024-05-02_07-23-37 (2)-fE1Lv8yK.jpg)
U bugun, 2-may sanasida musobaqaning 6-tur doirasida Germaniyaning birinchi raqamli shaxmatchisi Vinsent Keymerga qarshi dona suradi.
Izoh (0)