Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanov Rossiya prezidenti Vladimir Putin saraton kasalligiga chalingani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga yaqin ekanini aytdi. U The Washington Post nashriga bergan intervyusida bu haqda gapirdi.

Foto: Videodan kadr

Budanovning so‘zlariga ko‘ra, Putinning bir qancha qiyofadoshlari bor. “Hozirgi Putin haqiqiymi, degan savol ochiqligicha qolmoqda”, — dedi u.

Shuningdek, razvedka rahbari Ukrainada 326 mingga yaqin rus qo‘shinlari borligi haqidagi razvedka ma’lumotiga egaligi, Rossiya zaxirasida “Kalibr” uzoq masofali raketalarining atigi 9 foizi qolganini ta’kidladi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Davos iqtisodiy forumidagi nutqida Putinning hali tirik ekaniga ishonchi komil emasligini aytganida, Budanov keltirib o‘tgan ma’lumotlarga tayangan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Kirill Budanov Putin kamida uchta qiyofadoshga egaligi, ular Kreml rahbariga ko‘proq o‘xshashi uchun plastik jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazganini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Milliy bog‘ni bezab turgan Niderlandiya lolalari — suratlarda
Mahalliy
Yoshlar telekanali ko‘rsatuvlarning birida Qoraqalpog‘istonni viloyat deb nomlagani uchun uzr so‘radi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi