Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi fuqarolariga zaruratsiz Eronga bormaslikni tavsiya qildi.

“Erondagi beqaror vaziyat va Ozarbayjon diplomatik vakolatxonasiga qarshi uyushtirilgan teraktni hisobga olib, biz fuqarolarga Eronga zaruratsiz tashrif buyurmaslikni, Islom Respublikasida boʻlib turganlarga esa oʻta ehtiyotkorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni tavsiya etamiz”, — deyiladi Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

27-yanvar kuni Tehrondagi Ozarbayjon elchixonasiga hujum uyushtirilgan edi. Hujumchi xavfsizlik postida Kalashnikov avtomatidan o‘q uzgan, qo‘riqchilar boshlig‘i halok bo‘lgan. Yana ikki qo‘riqchi yaralangan. Keyinroq hujum lahzalari aks etgan video e’lon qilindi.

OAV elchixonada otishma sodir etgan erkak buni oilaviy sabablarga ko‘ra qilgani haqida yozdi. U yarim yildan ortiq vaqtdan beri bedarak ketgan rafiqasini shu diplomatik vakolatxona binosida deb o‘ylagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Dunyo
Fransiya prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan ayol hibsga olindi