Toshkentning aholi gavjum hududlarida 170 ta “mini-poliklinika” ish boshlashi haqida xabar berilgan edi. Ushbu tibbiyot punktlari uchun Zangiotadagi shifoxonalarda ishlatilgan konteynerlardan foydalaniladi.
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov qaroriga ko‘ra, “Zangiota-1” va “Zangiota-2” shifoxonalari hududida avval oʻrnatilgan 40 ta konteynerni qayta jihozlash uchun 900 million soʻm ajratiladi.
Mablagʻlar Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari zaxirasidan ajratilib, konteynerlarni taʼmirlash va kommunikatsiyalarni (suv taʼminoti, issiqlik, kanalizatsiya hamda elektr taʼminoti) yotqizish uchun sarflanadi.
Hujjatga ko‘ra, 2023-yil oxirigacha Toshkent shahrining barcha tumanlarida jami 170 ta mini poliklinika tashkil etiladi. Ular poytaxtning aholi gavjum bo‘lgan ko‘p qavatli uylari yoniga o‘rnatilishi mo‘ljallangan.
Izoh (0)