• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qo‘y och bo‘lsa, unga sovuq o‘tadi, ayni paytda tog‘da bo‘rilar ko‘paygan: 53 yillik ish tajribasiga ega qashqadaryolik cho‘pon bilan suhbat

    Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida 15 ming boshdan ortiq qo‘yi bor cho‘ponlar bor. Ular O‘zbekistonda kechgan anomal sovuq paytida tog‘da qanday jon saqladi, qo‘ylarni sovuq havoda asrab qolish mashaqqatlari nimalardan iborat?

    53 yildan beri cho‘ponlik qilib kelayotgan dehqonobodlik Narzulla cho‘pon Xurramov “Daryo” muxbiri bilan suhbatida kasb mashaqqati va anomal sovuqda qo‘ylarini qanday asrab qolgani haqida gapirib berdi.

    Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi “Qo‘ng‘irot qorako‘lchilik” mas’uliyati cheklangan jamiyati tasarrufida jami 53 ta otar mavjud.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Ko‘p yillik tajribaga ega cho‘ponlardan biri Narzulla Xurramovning ma’lum qilishicha, qo‘ylar sovuq urishi oqibatida ham o‘lishi mumkin.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov
    Men bu kasb bilan shug‘ullanishni boshlaganimda 15 yoshda edim. Yarim asrdan oshdi shu kasbni davom ettirib kelyapman. Ikki nafar o‘g‘lim ham ushbu xo‘jalikda cho‘ponlik qiladi. Biz har doim qishdan oldin qo‘ylar uchun yemish g‘amlab qo‘yamiz. Qo‘ylarning qorni doimo to‘q bo‘lishi kerak. Och bo‘ldimi, demak uni sovuq uradi. Kuchli sovuq urishi natijasida qo‘y o‘ladi. Lekin Dehqonobodda, shaxsan mening faoliyatimda bu holat kuzatilmagan, — deydi cho‘pon Narzulla Xurramov.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov
    Cho‘ponlarning aytishicha, yil qurg‘oqchil va qish sovuq kelsa, chorva mollari uchun ozuqa narxi keskin oshadi.
    Hozirda bizda qo‘ylar uchun to‘yimli hisoblangan maydalangan yantoq va paxta ko‘ragi hamda sheluxa kabi dag‘al xashaklar mavjud. Ammo tumanimiz yerlari lalmi yerlar bo‘lgani uchun yil qurg‘oqchil va qish fasli sovuq kelsa ozuqa narxlari oshadi. Shunday paytlarda boshqa viloyatlardan hattoki qo‘shni respublikalardan ozuqa keltiriladi. Yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan yilda esa yaylovlarda behisob ozuqa topiladi, — deydi suhbatdosh cho‘pon.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov
    Cho‘ponlardan birining aytishicha, harorat 0 darajadan baland bo‘lganda va yerda qor yo‘q paytlarida otarlar kechasi ham boqiladi.
    Yoshim 32 da. Shu kasb bilan shug‘ullanayotganimga to‘qqiz yil bo‘ldi. Hozir men boqayotdan otarda 283 ta sovliq qo‘y bor. Ayni paytda havo harorati biroz ko‘tarilgani bois boqilayotgan qo‘ylar daladagi mahalliy tilda shag‘alak deb nomlanuvchi o‘simlik hamda shuvoq o‘simligidan ozuqa olib yuribdi. Qo‘ylarni havo haroratiga qarab dalaga olib chiqamiz. Harorat 0 darajadan yuqori bo‘lsa va yerda qor bo‘lmasa, qo‘ylar tungi paytda ham dalaga chiqarilib boqiladi. Aks holda esa kun-u tun qo‘ldan ozuqa berishga majbur bo‘lamiz. Oziqlanganidan so‘ng, faqatgina ularga suv ichirish va oyoqlarining chigalini yozish uchun tashqariga olib chiqamiz, — deydi yosh cho‘ponlardan biri Ilhom Musaylamov.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov
    “Qo‘ng‘irot qorako‘lchilik” MCHJ rahbarining ma’lum qilishicha, 53 ta otarda jami 15 ming 500 bosh qo‘y mavjud.
    O‘tgan 2022-yil qurg‘oqchil kelganligi sababli, qo‘ylarimizni qochirish paytida Nishon tumanidagi hamda Surxondaryo viloyatidagi fermerlar bilan shartnoma qilib, qo‘ylarni o‘sha yerda boqdik. Dekabr oyining o‘rtalarida ularni tumanga olib keldik. Anomal sovuq kelishini eshitib, barcha otarlardan xabar olib, ulardagi muammolarni o‘rgandik. Sovuq kunlardan betalofat chiqish uchun barcha chora tadbirlarni ko‘rdik. Qish faslida cho‘ponlarga issiq kiyimlar, oziq-ovqat, texnikalar uchun yoqilg‘ilar beriladi, — deydi jamiyat rahbari Odil Shoto‘rayev.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov
    Ma’lum qilinishicha, jami otarlarda 10 ming 200 bosh naslli qo‘y va echkilar mavjud. Shundan sakkiz mingga yaqin naslli qo‘zi va uloq olish rajalashtirilgan. Qo‘zi va uloqlarning 15 foizi o‘sish uchun qoldiriladi. Yog‘ingarchilik mo‘l paytlarida 30 foizgacha ham naslli qo‘y va echkilarning bolalari o‘sishi uchun qoldiriladi.
    O‘zbekistonda kechgan anomal sovuq 2008-yilda ham kuzatilgandi. O‘sha yili tog‘larni 40 kun qor qoplagandi. Ana shunday sovuq qish 1969-yili ham bo‘lgandi. O‘sha paytlarda bunaqa texnikalar yo‘q edi. Hozir yem-xashak uchun barcha texnikalar yetarli. Ozuqa bo‘lmay qolgan paytda, texnikalar yordamida qo‘shni viloyatlardan ham ozuqa olib kelindi, — deydi 53 yildan beri cho‘ponlik qilib kelayotgan dehqonobodlik Narzulla cho‘pon Xurramov.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Cho‘ponning aytishicha, ayni kundagi sovuq otarlar orasiga bo‘ri oralaydigan payt hisoblanadi.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov
    Odatda mol och bo‘lsa, sovuq uradi. Molning yemishi yetarli bo‘lib, u to‘q bo‘lsa sovuq urmaydi. Shuning uchun qishgacha bo‘lgan muddatda barcha sharoitlarni tayyorlab qo‘yganmiz. Hatto qo‘tonlarga ham palatkalar tutib, mollarni sovuqdan asrashga harakat qilamiz. Ammo sovuq paytida otarlar orasiga bo‘ri ham oralaydi. Mollarni asrash uchun har bir otarga 5 tadan qo‘riqchi it boqamiz. Lekin bo‘ri mollarni olgan payti ham bo‘ladi, — deydi cho‘pon.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Cho‘ponlarning “Daryo” muxbiriga bildirishicha, cho‘ponlarning har birida shaxsiy avtomobil bor.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov
    Cho‘ponlikdan daromadimiz yaxshi. Har birimizda shaxsiy yangi avtomobil bor. Yana kimlardadir qo‘shimcha traktorlar ham bor, — deydi u.
    23.01.2023, 18:28   Izoh (0)   4761
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

    23.01.2023, 18:15

    O‘zbekistonlik tadbirkor Jahon iqtisodiy forumida ilk marta taqdimot qildi

    23.01.2023, 17:29

    “Ai-80 markali benzin Ai-91 deb qimmat sotilmoqda, zapravkada yo‘q benzin, sotuvchi qo‘lida bor”. Haydovchilar benzin zapravkalar adolatli ishlayotganiga shubha qi...

    23.01.2023, 17:28

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

    23.01.2023, 16:38

    Buxoro davlat tibbiyot instituti salkam 1,3 mlrd so‘mga interaktiv stol xarid qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi

    23.01.2023, 16:20

    O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish tiklanishi rejalashtirilmoqda

    23.01.2023, 16:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Yasmin Zoitova, yangi mashinali bo‘lgan Ra’no Shodiyeva, qaynonasiga iPhone sovg‘a qilgan Afruza

    Madaniyat | 19 iyul, 09:31

    Rossiyalik bolalar dam olish uchun O‘zbekistondagi oromgohga keldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 09:14

    “Real” Rodrigoning kelajagi borasida muzokara boshladi

    Sport | 19 iyul, 08:57

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.