Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Abdulla Aripov raisligida 23-yanvar kuni anomal sovuq havo sharoitida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilish o‘tkazildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatovga ko‘ra, majlisda bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 40 mingta ko‘p qavatli uy-joy mavjud bo‘lsa, shundan 31 mingga yaqini 1991-yilgacha qurilgani ma’lum qilindi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu 31 mingta uylarning fasad qismini renovatsiya asosida bosqichma-bosqich bazalt qoplamaga o‘tkazish hamda muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda issiq suv va elektr bilan ta’minlashni nazarda tutuvchi dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi topshirildi.

Shu bilan birga, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi endilikda yangidan quriladigan ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarining loyiha-smeta hujjatlariga energiya samaradorlik darajasi yuqori bo‘lgan qurilish materiallari va jihozlardan foydalanishni majburiy tartibda kiritishi topshirildi. Bu borada energiyatejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ham e’tibor qaratishimiz kerakligi qayd etildi.

“O‘zsanoatqurilishbank” “O‘zsanoqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda joylarda bazalt xom-ashyosi ishlab chiqarish loyihalarini ko‘paytirish bo‘yicha alohida dastur tayyorlab, yil yakuniga qadar kamida 5 ming tonnalik quvvat yaratishi kerakligi ta’kidlandi. “O‘zeltexsanot” uyushmasi ham ikki oy muddatda transformatorlar, kabellar, quyosh panellari va suv isitish kollektorlarini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo‘yicha alohida dastur tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasidagi gollari soni bo‘yicha Maksim Shatskixning rekordini takrorladi 
Mahalliy
Qashqadaryoda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda zilzilalar oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan