So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +13°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Moliya

    Jamg‘arma ko‘paytirishning ishonchli usuli: Bank omonatlari qanday tanlanadi?

    23 yanvar, 22:16 3187

    Bank omonatlari nafaqat pulni tejash, balki jamg‘armalarni ko‘paytirishning ham ishonchli usulidir. Markaziy bankning FinLit loyihasi bunday omonatlarni qanday tanlash bo‘yicha ma’lumot berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Deylik, siz bankka ma’lum miqdordagi pulni topshirasiz, bank esa sizga mablag‘lar saqlangan muddati uchun foizlar to‘laydi. Boshqacha aytganda, siz pul ishlab topasiz va ishlab topilgan pullar siz uchun ishlashni boshlaydi.

    Bugungi kunda bankka borib (oflayn tarzda) omonat hisobvarag‘ini ochish mumkin yoki bank kartasi va bank ilovasi yordamida (onlayn tarzda) bankka omonat qo‘yish imkoniyati ham bor.

    Onlayn omonatlarning foizlari ham oddiy omonatlar foizlari kabi hisoblanadi hamda pul bank kartasiga yoki mobil ilovadagi elektron hamyonga o‘tkaziladi. Foizlarni hisob-kitob qilish uchun Depozit kalkulyatoridan foydalanish lozim.

    Onlayn yoki oflayn rejimda ochilgan har qanday omonat fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan omonatning valyutasi va miqdoridan qat’i nazar, to‘liq qaytarilishi kafolatlanadi.

    Bugungi kunda banklar omonatlar yuzasidan mijozlarga rang-barang takliflarni taqdim etmoqda. Takliflarni o‘rganish va omonatlarni tanlash jarayonida dastlab quyidagi uch jihatga e’tibor qaratish lozim:

    Foizlar chegarasi

    Banklarda 14 foizdan 24 foizgacha bo‘lgan omonat turlari mavjud. Tabiiyki, xizmat yuzasidan belgilangan shartlar ma’lum tafovutlarni yuzaga keltirgan.

    Bir bankdagi omonatlar turiga qarab har xil foizda bo‘lishi mumkin. Mijozlarga bevosita omonat shartnomalari bilan to‘liq tanishib chiqish tavsiya etiladi.

    Miqdor chegarasi

    Banklar omonat ochishdagi eng kam pul miqdorini belgilashda mustaqildir. Masalan, “Aloqabank”da 0 so‘m, ming so‘m, 50 ming so‘m, “Anor bank” va “Mikrokreditbank”da 100 ming so‘m minimal summadagi omonat turlari mavjud bo‘lsa, “Asia alliance bank”da minimal summasi 5 mln so‘m bo‘lgan omonat turiga ham duch kelish mumkin.

    Aksariyat banklar boshlang‘ich summasi 500 ming so‘m va 1 mln so‘m bo‘lgan omonat turlarini taklif etadi.

    Muddat chegarasi

    Banklarda foizlar va miqdor singari omonat muddatlari ham bir-biridan farqlanishi mumkin. Masalan, “Asakabank”, “Ipak yo‘li bank”da 3 oylik muddatdagi omonatlar mavjud. Aksariyat banklardagi omonat turlari 6—12 oydagi muddat uchun mo‘ljallangan.

    Omonat bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni tijorat banklarining veb-sahifasidan yoki mobil ilovasidan olish mumkin.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Central Asian University (sobiq Akfa) universitetida mojaro yuz berdi

    Bugun, 09:03

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?