So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12216.01
    • RUB 123.1
    • EUR 12807.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Moliya

    Jamg‘arma ko‘paytirishning ishonchli usuli: Bank omonatlari qanday tanlanadi?

    23 yanvar, 22:16 3230

    Bank omonatlari nafaqat pulni tejash, balki jamg‘armalarni ko‘paytirishning ham ishonchli usulidir. Markaziy bankning FinLit loyihasi bunday omonatlarni qanday tanlash bo‘yicha ma’lumot berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Deylik, siz bankka ma’lum miqdordagi pulni topshirasiz, bank esa sizga mablag‘lar saqlangan muddati uchun foizlar to‘laydi. Boshqacha aytganda, siz pul ishlab topasiz va ishlab topilgan pullar siz uchun ishlashni boshlaydi.

    Bugungi kunda bankka borib (oflayn tarzda) omonat hisobvarag‘ini ochish mumkin yoki bank kartasi va bank ilovasi yordamida (onlayn tarzda) bankka omonat qo‘yish imkoniyati ham bor.

    Onlayn omonatlarning foizlari ham oddiy omonatlar foizlari kabi hisoblanadi hamda pul bank kartasiga yoki mobil ilovadagi elektron hamyonga o‘tkaziladi. Foizlarni hisob-kitob qilish uchun Depozit kalkulyatoridan foydalanish lozim.

    Onlayn yoki oflayn rejimda ochilgan har qanday omonat fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan omonatning valyutasi va miqdoridan qat’i nazar, to‘liq qaytarilishi kafolatlanadi.

    Bugungi kunda banklar omonatlar yuzasidan mijozlarga rang-barang takliflarni taqdim etmoqda. Takliflarni o‘rganish va omonatlarni tanlash jarayonida dastlab quyidagi uch jihatga e’tibor qaratish lozim:

    Foizlar chegarasi

    Banklarda 14 foizdan 24 foizgacha bo‘lgan omonat turlari mavjud. Tabiiyki, xizmat yuzasidan belgilangan shartlar ma’lum tafovutlarni yuzaga keltirgan.

    Bir bankdagi omonatlar turiga qarab har xil foizda bo‘lishi mumkin. Mijozlarga bevosita omonat shartnomalari bilan to‘liq tanishib chiqish tavsiya etiladi.

    Miqdor chegarasi

    Banklar omonat ochishdagi eng kam pul miqdorini belgilashda mustaqildir. Masalan, “Aloqabank”da 0 so‘m, ming so‘m, 50 ming so‘m, “Anor bank” va “Mikrokreditbank”da 100 ming so‘m minimal summadagi omonat turlari mavjud bo‘lsa, “Asia alliance bank”da minimal summasi 5 mln so‘m bo‘lgan omonat turiga ham duch kelish mumkin.

    Aksariyat banklar boshlang‘ich summasi 500 ming so‘m va 1 mln so‘m bo‘lgan omonat turlarini taklif etadi.

    Muddat chegarasi

    Banklarda foizlar va miqdor singari omonat muddatlari ham bir-biridan farqlanishi mumkin. Masalan, “Asakabank”, “Ipak yo‘li bank”da 3 oylik muddatdagi omonatlar mavjud. Aksariyat banklardagi omonat turlari 6—12 oydagi muddat uchun mo‘ljallangan.

    Omonat bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni tijorat banklarining veb-sahifasidan yoki mobil ilovasidan olish mumkin.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    YCHL. “Nyukasl” “PSJ”ni yirik hisobda mag‘lub etdi, “Manchester Siti”da ishonchli, “Barselona”da qiyin g‘alaba, “Borussiya D” “Milan” bilan durang o‘ynadi

    Bugun, 02:21

    “Bu kitobda insonning aql yetmaydigan abadiy sir ekanligi to‘g‘risida yozilgan…” — “Qatlga taklif” romani haqida

    Kecha, 23:30

    Amerikaga piyoda ketayotganlar, yomg‘ir so‘rash uchun qilingan ibodat, yerda yotgan bemor ona — 4-oktyabr suratlari

    Kecha, 23:13

    Namanganda tekstil korxonasi xodimlarida zaharlanish kuzatildi. Ulardan 5 nafari kasalxonaga yotqizilgan (video)

    Kecha, 22:22

    Instagram: Ukasini uylantirgan Ziyoda, oyiga 20 ming topadigan Mo‘min live, Nilufar Usmonova xonadonida bayram

    Kecha, 22:15

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga oyligi 1,7 ming yevro bo‘lgan ishga taklif qilinmoqda

    Kecha, 22:11

    O‘zMU prorektori talaba qizning onasiga qo‘pollik qilgani aks etgan video tarqaldi

    Kecha, 21:57

    AQSH Erondan musodara qilingan qurol va o‘q-dorilarni Ukrainaga yuboradi

    Kecha, 21:30

    Futbol bo‘yicha JCH—2030 6 ta mamlakatda bo‘lib o‘tadi

    Kecha, 21:16

    Green Card DV-2025 mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Arizani to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnoma

    Kecha, 21:01

    Tavsiya etamiz

    Amerikaga piyoda ketayotganlar, yomg‘ir so‘rash uchun qilingan ibodat, yerda yotgan bemor ona — 4-oktyabr suratlari

    23:00 / 04.10.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: Hindistonlik sudlanuvchining advokati yana uni qamoqdan olib chiqishga urindi

    17:00 / 04.10.2023

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda pensiya olayotgan II jahon urushi qatnashchilari haqida maʼlumot berildi

    16:00 / 04.10.2023

    O‘zbekistondagi banklardan biriga bank operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlandi

    11:00 / 04.10.2023

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Qashqadaryoda “Yor-yor” ko‘rsatuvi orqali ayol bilan tanishgan erkak uni o‘ldirib qo‘ydi 

    10:00 / 04.10.2023

    Toshkent viloyatida taksi haydovchisi o‘ldirilib, mashinasi yoqib yuborildi (video)

    16:00 / 04.10.2023

    “Jasadlar chirib ketishi uchun xlor sepishgan”. O‘zbek xalqi asl o‘g‘lonlaridan judo bo‘lgan tun haqida

    19:00 / 04.10.2023

    Urushga qarshi chiqqan rossiyalik jurnalist Marina Ovsyannikova 8,5 yilga koloniyaga hukm qilindi 

    14:00 / 04.10.2023

    “Ular qahramon”— mutaxassis 160 kilometrlik tirbandlikda qolib ketgan o‘zbek haydovchilari haqida

    13:00 / 04.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.