Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda “Mahalla. Muammo. Mulohaza” loyihasini taqdim etib kelmoqda. Loyihaning 15-soni mavzusi “Toshkent: yo‘qotishlar va topishlar” bo‘lib, dastur mehmoni sifatida jurnalist Baxtiyor Nasimov taklif etildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Yaqinda yurtboshimiz ham aytdilar, bizda bosh plan bo‘lishi kerak. Yangi qurilayotgan “dom”larimiz qo‘ziqoringa o‘xshaydi, qayerdan “paq” etib chiqib qolishini bilmaysiz. 1966-yilgi zilziladan keyin ko‘p qavatli uylar qurish borasida shunday gap bo‘lgan, ya’ni zilzila bo‘lsa, ikkita ketma-ket turgan uy orasida odamlar bosilib qolmasligi, masofa saqlanishi kerak. Hozir shunaqa ahvolga keltirib tashlanganki, chumoli ham omon qolmaydi.
Yetti o‘lchab, bir kes, degan gap bor. Bizda esa yetti marta kesib bo‘lgach, o‘lchaydi. Reja u yoqda tursin, rusxatnomasiz ham uy qurib tashlashadi — bir qavatli uyga ruxsat olib, 12 qavatlisini qurishadi.
Yana bir yo‘qotganimiz — bog‘lar. Yaxshi-yaxshi bog‘larimiz bor edi, yo‘q bo‘ldi, daraxtlar kamaydi. Zamonaviylikka qarshi emasman, lekin puxta o‘ylash kerak. Ilgari bitta “dom” bo‘lsa, unga yarasha alohida suv, tok, kanalizatsiya kelardi.  Zaxirani ham hisobga olib, 200 kishiga mo‘ljallangan uy 300 kishini ko‘tara oladigan qilib qurilardi. Hozir 300 ta tugul, 3000 ta odam tiqib qo‘yganmiz.
Masalan, 1968- yoki 2008-yilda hozirgidan battar sovuqlarni ko‘rganmiz, hokkey o‘ynab yurardik, konkilarimiz bo‘lardi, yashay olganmiz-ku. Hovlida yoqishga kerosin, ko‘mir, keyinchalik gaz ballondan foydalanardik. Hozir, XXI asrning 23-yilida hamma tanchaga, ko‘mirga yana qaytdi. Bunday bo‘lishi kerak emas, aslida. Bu davrda har qanday vaziyatga javob bera oladigan sharoit bo‘lishi lozim. Inson atrofni, boshqa mamlakatlarni kuzatar ekan, qachondir, buyuk kelajakda emas, aynan bugun yaxshi yashagisi keladi. Bugun muammoga duch kelyapmanmi, uni bugun hal qilaman, degan fikr bo‘lishi kerak. Bu bir yillik muammolar emas, hammasi hozirgacha yig‘ilib kelgan, — deydi Baxtiyor Nasimov.

Ko‘rsatuvni to‘liq tarzda “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi