Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Novo-Ogaryovodagi qarorgohidan atigi 10 kilometr uzoqlikda “Pantsir-C1” havo hujumidan mudofaa tizimi o‘rnatildi. “Sirena” Telegram kanali bu haqda ma’lumot berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi binosi tomiga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi o‘rnatilgan, keyinchalik bu tizim boshqa obyektlarda ham qayd etilgan. Jumladan, “Gazprom Avi” harbiy va biznes aeroporti joylashgan “Ostafyevo” aerodromidan 2 kilometr uzoqlikda “Pantsir-C1” tizimi o‘rnatilgan.

Foto: Google Earth

Foto: Google Earth

Havo hujumidan mudofaa tizimi Voskresenskoye qishlog‘i yaqinida ham qayd etilgan. Putinning Novo-Ogaryovodagi qarorgohidan atigi 10 kilometr uzoqlikdagi Zarechye qishlog‘i yaqinida ham mudofaa tizimi aniqlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva yaqinida jami beshta havo mudofaa tizimi o‘rnatilgani, ulardan faqat bittasi faollashgani ta’kidlanadi.

“Pantsir-C1” — bu Rossiyaning quruqlikda va dengizga mo‘ljallangan o‘ziyurar zenit-raketa va qurol tizimi. Kompleks SSSR va Rossiya harbiy-sanoat kompleksining bir qator tuzilmalari tomonidan ishlab chiqilgan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi