Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning yuragi operatsiya qilindi, deb yozadi Tengrinews uning matbuot kotibi Aydos Ukibayga tayanib.

“Nursulton Nazarboyevning yuragida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Operatsiya muvaffaqiyatli kechdi. Birinchi prezidentning hayotiga nisbatan xavf yo‘q. Hozir u kuzatuv ostida”, — deb yozdi Aydos Ukibay Twitter’da.

Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya Milliy ilmiy kardiojarrohlik markazida taniqli kardiojarroh Yuriy Pya rahbarligi ostida o‘tkazilgan.

Avvalroq Nursulton Nazarboyev kasalxonaga tushgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qozog‘iston birinchi prezidenti 1940-yil 6-iyul kuni tug‘ilgan bo‘lib, ayni paytda 82 yoshda.

2021-yil oxirrog‘ida bergan intervyusida Nazarboyev umurtqasini operatsiya qildirgani davlat rahbari lavozimidan ketishining sabablaridan biri ekanini tan olgandi. “Avval bu haqda umuman gapirmaganman, bu o‘ziga xos shovshuvli yangilik bo‘ladi. Men umurtqamni, belimni operatsiya qildirganman va jarrohlik amaliyoti ancha jiddiy edi”, — deya hikoya qilgan Nazarboyev “Xabar” telekanalida 2021-yil 21-oktabr kuni efirga berilgan “Portretga chizgilar” hujjatli filmida.

Nazarboyev sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar katta ommaviy tadbir vaqtida 2011-yilda kuzatila boshlagani haqida ham gapirgan.

Nursulton Nazarboyev 2019-yil 19-mart kuni prezidentlik lavozimidan ketishi haqida e’lon qilgan va ertasi kuni davlat rahbari sifatida o‘z vakolatlaridan voz kechishi haqidagi farmonni imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda Majlis (parlament) deputatlari birinchi prezident to‘g‘risidagi qonun o‘z kuchini yo‘qotgan deb topdi. Qonun Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevga “elboshi” maqomini berib, uni umrbod imtiyoz va kafolatlar bilan ta’minlardi.

 

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Biznes
Amazon, Meta, Alphabet va Microsoft xodimlarni qisqartirish uchun 10 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ sarflaydi
Mahalliy
Toshkentda avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etdi (video) 
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi